Hermann Emil Fischer




Hermann Emil Fischer (1852.9.10, Eyskirxen — 1919.15.7, Berlin) — nemis organik kimyogari. Strasburg universitetini tugatgan (1874). Myunxen (1879-yildan), Erlanger (1882-yildan), Vyursburg (1885-yildan), Berlin (1892—1919) universitetlari professor Ilmiy ishlari uglevodorodlar, oqsillar, purin birikmalari kimyosiga oid. Purinning fiziologik faol hosilalaridan — kofein, teobromin, ksantin, gipoksantin, teofillin, guanin va adeninni (1897), siydik kislota (1899), shuningdek, purinni (1898) sintez qilgan. Qandlar (1887-yildan), mannoza, fruktoza va glyukoza (1890) sintezini amalga oshirgan. Koʻpgina oqsillarning parchalanish mahsulotlarida valin (1901), prolin va oksiprolin (1902) mavjudligini ochgan, polipeptidlar sinteziga asos solgan va ilk bor sof dipeptid olgan (1902). Nobel mukofoti laureata (1902).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz