Herman Cain




Herman Cain (talaffuzi: Herman Keyn; 1945-yil 13-dekabr) AQSh prezidentlik saylovida nomzodlardan biri, hozirda Kansas shahar Federal Zahira Banki boshligʻidir. AQSh Respublikachi Partiyasi aʼzosi. Oʻtmishda tadbirkor (1986-1996), ungacha esa harbiy matematik-ballistik boʻlib xizmat qilgan.

Cain saylovoldi kampaniyasida siyosiy va ijtimoiy savollar boʻyicha bilimsiz ekanligini namoyish qilib, yirik janjallarga sabab boʻldi. Jumladan, u Oʻzbekiston Prezidenti kim ekanligi haqidagi savolga shunday mazaxona javob qildi:

Mendan Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan prezidenti kim ekanligini soʻrashsa, men aytamanki, „ Bilasizmi, men bilmayman. Siz-chi, bilasizmi?“ Keyin davom etaman: „Bu bizga yangi ish oʻrinlari yaratadimi?“[6][7]
Cain mavzuni davom ettirib, Oʻzbekistonni „dunyodagi kichik ahamiyatsiz davlatlardan biri“, deb atadi. U bu iddaolari va butunboshli mamlakatni mazax qilgani uchun keskin tanqid qilindi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz