Hercules Mikelanjelo




„Gerkules“ ( „Theseus“  — nomi bilan ham mashhur) (italyancha: Ercole) — Mashur haykaltarosh Mikelanjeloning yoʻqotgan marmar haykali. Haykaltarosh uni 1492-1493-yillarda yasagan.

Haykal haqida maʼlumot



Vasarining taʼkidlashicha, Mikelanjelo Buyuk Lorenzo vafotidan keyin marmar toshdan „Gerkules“ haykalini oʻyib ishlagan. U oʻzi yasagan ushbu haykalga „ajoyib narsa“ deya taʼrif bergan.

Maʼlumki, haykalni Strozzilar oilasi Florensiyadagi Strozzi saroyiga oʻrnatish uchun sotib oladi (1506-yil). 1529-yilda Filippo Strozzi uni Jovanni Battista della Pallaga (italyancha: Giovanni Battista della Palla) sovgʻa qiladi. U esa, oʻz navbatida sovgʻani Fransiya qiroli Frensis I ga hadya qilib yuboradi.

1594- yil, Genrix IV davrida, „Gerkules“ Fontainebleau bogʻlariga oʻrnatilgan boʻlgan (fransuzcha: Jardin de l'Etang). 1713-yildan boshlab, bogʻlar vayron boʻlgach, Mikelanjeloning ushbu asarining taqdiri haqida hech narsa maʼlum emas.

Sanʼatdagi obrazi



Rubensning „Yosh Gerkules“ eskizi (taxminan 1600-1640-yillar) Mikelanjelo haykali haqidagi maʼlumotlar asosida yasalgan.

„Tayoqqa suyanib turgan dev“ koʻrinishidagi „Gerkules“ haykali esa Karel Shulsning „Tosh va ogʻriq“ biografik romanida tilga olinadi.

Adabiyotlar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz