Herbert Agar




Herbert Sebastian Agar (1897-yil 29-sentyabr — 1980-yil 24-noyabr) amerikalik jurnalist va tarixchi. Louisville Courier-Journal muharriri.

Tarjimai holi



Herbert Sebastian Agar 1897-yil 29-sentabrda New Yorkning New Rochelle shahrida John Agar va Agnes Louis Macdonough oilasida tavallud topgan. U 1919-yilda Kolumbiya universitetini bakalavr va 1922-yilda Prinston universitetida magistr sifatida tamomlagan. 1924-yilda esa fan nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Faoliyati



Agar 1933-yilda AQSH prezidentligiga tanqidiy nazar tashlagan "The Peopleʼs Choice" kitobi uchun 1934-yilda Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritdi. U shuningdek, Buyuk Britaniya ijtimoiy-iqtisodiy tizimining AQSH tizmimidek boʻlishi tarafdori edi.

Herbertning 1950-yilda chop etilgan „The Price of Union“ kitobi John Kennedyning sevimli kitoblaridan biri boʻlgan va John kitobning nusxasini doim stolida saqlagan. John Quincy Adamsning jasoratli harakati haqida boʻlgan "The Price of Union" kitobidagi bir parcha Kennedyga senatorlik jasorati haqida maqola yozish gʻoyasini beradi. Herbertga Sorensen ustoz sifatida koʻmaklashdi. Natijada, „Profiles in Courage“ (1956) kitobi uchun Pulitzer mukofotiga sazovor boʻldi.

Shaxsiy hayoti va oʻlimi



1945-yil 8-iyunda Agar Buyuk Britaniyaning sobiq transport vaziri Euan Wallace bevasi Barbara Wallacega uylandi.

Agar 1980-yil 24-noyabrda Ikkinchi jahon urushidan beri oʻzi yashagan Angliyaning Sasseks shahrida vafot etdi.

Ishlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz