Heo Young-ji
Heo Young-ji (1994-yil 30-avgustda tugʻilgan),
Youngji mononim nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, raqqosa va teleboshlovchi. U 2014-yilda Kara Project telekoʻrsatuvida gʻalaba qozonganidan soʻng "Kara" qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan va u guruhning eng yangi aʼzosi boʻlgan. Heo oʻzining yakkaxon musiqiy faoliyatini 2017-yil avgust oyida oʻzining birinchi „Memory Clock“ singli bilan boshlagan.
Faoliyati
Heo Seul sahna sanʼatlari maktabida oʻqigan. U T-ara guruhining sobiq aʼzosi Areum bilan birga Core Contents Media kompaniyasining sobiq stajyori.
2014-yil may oyida, sobiq Kara aʼzolari Nicole Jung va Kang Ji-young guruhni tark etgandan soʻng, DSP Media Kara Project nomli realiti-shouni ishga tushirgan. Shouda guruhning yangi aʼzosi boʻlish uchun kurashayotgan yetti nafar stajyor atrofida tanlov boʻlgan. Oyogʻi mashgʻulotlardan olgan jarohati tufayli 2 ta jonli ijroni oʻtkazib yuborgan boʻlsa ham, u tomoshabinlar eʼtiborini tortgan va ovoz berish jarayonlarida birinchi oʻrinni egallagan. 1-iyul kuni jonli ovoz berish natijalari soat 18:45 da (KST) boshlangan. Hur Young-ji 49 591 ball toʻplagan holda gʻolib deb topilgan. Koʻrsatuvda gʻolib chiqqanidan soʻng, u Karaning yangi aʼzosi sifatida yanada koʻproq ishlashini aytib, gʻolibona nutq soʻzlagan.
MBC EVERY1 vakili 2014-yil 18-dekabrda MBN Star televideniyesiga Heo Orange Caramel guruhidan Lizzy, G.NA, 4minute guruhidan So-hyun bilan bir qatorda Hitmaker koʻrsatuvining 2-mavsumiga qizlar guruhining bir qismi sifatida qoʻshilishini aytgan. Guruh keyinchalik Cham So Nyeo nomini olgan. Guruh ilk bor 17-fevralda oʻzining „올해의 주문(Sehrli soʻzlar)“, qoʻshigʻini soʻngra unga olingan klipni 3 kundan soʻng, 20-fevralda eʼlon qilgan.
2017-yil 15-dekabrda MCC Entertainment yangilik eʼlon qilgan, unda Heo „with dog“ loyihasining 2-qoʻshigʻida ishtirok etishi maʼlum qilingan. Oʻsha kuni uning Longing nomli qoʻshigʻi chiqqan.
2021-yil avgust oyida Heo DSP Media bilan shartnomasini yangilagan.
Diskografiyasi
Singl
Filmografiyasi
Teleserial
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org