Heo Sol-ji




Heo Sol-ji (1989-yil 10-yanvarda tugʻilgan), mononim sifatida Solji nomi tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U 2006-yildan 2010-yilgacha 2NB ballada guruhining aʼzosi edi. Keyinchalik 2012-yil iyul oyida EXID guruhiga yetakchi va asosiy vokalchi sifatida qoʻshilgan. Undan oldin vokal murabbiyi boʻlgan.

Faoliyati



2NB 2012-yilda tarqab ketgandan soʻng, u guruhga aʼzo boʻlishdan oldin EXIDning vokal murabbiyi boʻlib ishlagan. 2012-yil aprel oyida AB Entertainment kompaniyasi Yuji, Dami va Haeryeongdan iborat uchta aʼzoli EXID qizlar guruhini tark etishini eʼlon qilgan. Keyin Solji sobiq Superstar K3 ishtirokchisi Hyelin bilan birga EXIDga qoʻshilgan.

2016-yil 21-dekabrda Soljiga gipertireoz tashxisi qoʻyilib, kasallik uning faoliyatini toʻxtatib qoʻygan, EXIDning qolgan toʻrt aʼzosi esa yil yakuni boʻyicha mukofotlar mavsumida oʻz chiqishlarini davom ettirganlar. U 2017-yil 13-avgust kuni Seuldagi EXIDning Osiyo konsertida kutilmaganda paydo boʻlgan, biroq u hali ham guruh faoliyatiga qaytish uchun tibbiy ruxsat etilmagn edi. Garchi u targʻibot va jonli ijrolarda ishtirok etmaganiga qaramay, guruhning toʻrtinchi Full Moon nomli mini-albomini yozishda ishtirok etgan. U radio DJ sifatida ham faol boʻlgan. 2018-yilning 4-iyulida Solji uning ahvoli EXIDning navbatdagi qaytishiga tayyorlanish uchun yetarli darajada yahshilanganini aytgan. 27-iyul kuni agentlik uni EXIDning yaponcha debyuti uchun qaytib kelishini tasdiqlaydi.

Shaxsiy hayoti



Solji Dong-ah Media va sanʼat institutida amaliy musiqa boʻyicha tahsil olgan.  2016-yil dekabr oyida unga gipertireoz tashxisi qoʻyilgan va EXID guruhi faoliyatidan 2018-yil iyuligacha tanaffusga chiqqan. Shuningdek, u tanaffus paytida (2017) amaliy musiqa dasturini oʻrganish uchun Kyung Hee Cyber universitetiga oʻqishga kirgan.

2021-yil oktyabr oyida Solji Yongin universitetining amaliy musiqa kafedrasi professori etib tayinlangan.

Diskografiyasi



Singl albomlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz