Heo Ga-yoon
Heo Ga-yoon (1990- yil 18-mayda tugʻilgan),
Gayoon mononimi bilan mashhur, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Janubiy Koreyaning 4Minute qizlar guruhi va uning 2Yoon nomli kichik guruhining sobiq aʼzosi.
Yoshligi
Heo 1990-yil 18-mayda Goyang shahrida tugʻilgan. 2005-yilda SM agentligining 9-"Eng yaxshi qoʻshiqchi" tanlovida ikkinchi oʻrinni egallagan. U Dongduk qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 2008-yilda Heo Marioning „I’m Yours“ klipida 2AM guruhi aʼzosi Seulong birga suratga tushgan.
Faoliyati
Heo 2009-yilda 4Minute huruhining aʼzosi sifatida tanlangan. Besh aʼzodan iborat qizlar guruhi rasmiy ravishda 2009-yil 18-iyun kuni Mnet ning M! Countdown koʻrsatuvida „Hot Issue“ singlini ijro etib, debyut qilgan.
2010-yil 11-fevralda Heo „One Two Three“ qoʻshigʻida Han Ye-ji bilan duet kuylagan The Woman Who Still Wants to Marry filmining saundtrekida ishtirok etgan. 2010-yil 3-sentyabrda Ga-yoon Sunny Side albomining „Bad Guy Good Girl“ qoʻshigʻi bilan mashhur ijrochiga aylangan. 2010-yil oktyabr oyida Heo Ga-yoon Seuldagi 2010-yilgi G-20 sammitida jamoatchilik ishtirokini oshirish maqsadida „Letʼs Go“ qoʻshigʻini yozib olgan Janubiy Koreyaning turli guruhlaridagi yigirmata sevimli qoʻshiqchilardan biri edi. U Yong Jun-hyung va G.NA bilan birga qoʻshiqda vokal kuylagan.
2014-yilda HyunA, Ga-yoon va Sohyun yanvar oyida Brave Brothers guruhining oʻninchi yubiley albomi uchun „Only Gained Weight“ qoʻshigʻini chiqarishgan. Sentabr oyida Gayoon Beast guruhining Li Gi-kvang va Do Sang Woo aʼzolari bilan birga OnStyle telekanalining Style Log moda dasturining uchinchi mavsumida MC sifatida ishtirok etgan. Mavsum premyerasi 12-sentyabrda boʻlib oʻtgan.
2015-yilda Gayoon 18-avgust kuni Yong Jun-hyung bilan birga SBS telekanalining Yong-pal dramasi uchun „Nightmare“ deb nomlangan saundtrekni chiqargan. Noyabr oyida Gayoon oʻzining Father, Daughter filmi bilan katta ekranda debyut qilishi maʼlum boʻlgan. Gayoon, Jung So-min va Min Do-hee obrazida suratga tushgan.
Diskografiyasi
Yakkaxon qoʻshiqlari
Filmografiyasi
Film
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org