Henry Taube




Henry Taube (1915.30.11, Saskatun, Kanada — 2005.16.11 Palo-Alto) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1959). Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1961). Stanford universitet professor (1962-yildan). Asosiy ilmiy ishlari elektronlar koʻchishi reaksiyalari tadqiqotiga oid. Ilk bor (1940-yil oxirlarida) suvdagi eritmada solvatlangan kation mavjudligini (3 valentli xrom ioni misolida) isbotlagan. Kompleks birikmalarning suvdagi eritmalari beqarorligi bilan ularning elektron tuzilishi orasidagi bogʻliqlikni aniklagan (1952). Molekulyar azot ruteniy kompleksining suvdagi eritmasi koordinatsiyasida bir molekula suvning oʻrnini egallashi mumkinligini isbot qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1983).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz