Henry Percy Adams
Henry Percy Adams (talaffuzi: Genri Persi Adams; 1865-yil 26-oktyabr — 1930-yil 7-aprel) Ipsvich shahrida tugʻilgan ingliz arxitektori. U FRIBA tashkiloti aʼzosi aʼzosi hisoblanadi.
Yoshligi
Adamsning otasi Webster Adams (1841-1900), Ipsvichda jarroh boʻlgan. Onasi — Alice Heal (1840—1888).
U Epsom kollejida akasi Webster Angell Adams (1864-1895) bilan birga tahsil olgan. Adams 1879-yilda Epsomni tark etdi. Shu orada u Gould House, DeAdham, Esseksga shaharlariga koʻchib oʻtdi. Keyinchalik u Ipswichdagi mahalliy taniqli arxitektor Brightven Binyon (1846-1909) qoʻl ostida shogirdlikka kirdi. Adams Ipsvich Tasviriy sanʼat va rassomlik klubining aʼzosi edi. U 1886-yilda „Old Windmill“ deb nomlangan akvarel rasmini va ikkita arxitekturaviy eskizini namoyish etdi. Bular: „'St. Martinʼs church, Cologne“, „Tomb of Sir Walter Scott“. Oradan vaqt oʻtib, yaʼni, 1888-yilda Qirollik akademiyasida koʻrgazma tashkil qildi.
Shuningdek, Adams 1888-yilda Stiven Salterning (1825-1896) arxitektura idorasiga, London, Gannover maydonidagi arxitektura idoralarida ishladi. 1888-yilda u RIBAning chizmachilik yoʻnalishidagi mukofotini qoʻlga kiritdi.
1897-yilda u arxitektura sohasi vakillari uchun beriladigan Donaldson medali va Godwin Bursary (Jorj Godvin tomonidan asos solingan) sovrinlarni qoʻlga kiritdi.
1913-yil Adams Stephen Salter binosining arxitektura amaliyotini amalga oshirdi.
Charles Holden (1899-yilda uning yordamchisi, keyin esa uning dizayneri) va Lionel Pearson (1879-1953, Liverpul universiteti arxitektura fakultetida oʻqigan) ikkalasi ham 1904-yilda Adamsning oldiga amaliyotga qoʻshilishdi. Keyinchalik bu amaliyot Adams, Holden va Pearsonga oʻzgartirildi.
Asosiy ishlari
Shaxsiy hayoti
1890-yil 22-mayda u Suffolkdagi Ipsvich shahrida Cicillia Clara Staddon (1865-1891) bilan turmush qurdi. 1891-yilda ularning oʻgʻli tugʻildi. Farzandi tugʻilganida uning xotini vafot etdi. 1896-yilda Henry Alice Mildred Mathieson (ser Frederick Ashtonning xolasi) bilan turmush qurdi. Ulardan ikki oʻgʻil va bir qizi farzand bor edi.
Adams 1930-yilning 7-aprelida Londondagi Westminster kasalxonasida 64 yoshida vafot etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org