Henrik Dalsgaard
Henrik Dalsgaard (talaffuzi: Genri Dalsgard; 1989-yil 27-iyunda Daniyada tugʻilgan) — daniyalik futbolchi, „Midtjylland“ futbol klubi himoyachisi. U Daniya terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
Henrik Dalsgaard professional faoliyatini „Aalborg“ futbol klubida boshlagan. 2014-yil 11-may kuni Henrik Dalsgaard Daniya Superligasida „Aarhus“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 31-may kuni „Nordsjælland“ futbol klubiga qarshi bahsda Henrik Dalsgaard „Aalborg“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2014- yilda Henrik Dalsgaard klubga chempionlikni qoʻlga kiritishiga va Daniya kubogini yutishda yordam bergan.
2016-yil boshida Henrik Dalsgaard erkin agent sifatida Belgiyaning „Sylte-Waregem“ futbol klubiga oʻtdi. 15-yanvar kuni „Genk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Henrik Dalsgaard yangi jamoas safida debyut qilgan. 23-yanvar kuni „Oud-Heverle Löfven“ futbol klubiga qarshi bahsda Henrik Dalsgaard „Zulte Waregem“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 2017-yilda Henrik Dalsgaard klubga Belgiya kubogini yutishda yordam bergan.
2017-yilning yozida Henrik Dalsgaard Angliyaning „Brentford“ futbol klubiga oʻtib, 3 yillik shartnoma imzolagan. Henrik Dalsgaard 5-avgust kuni „Sheffield United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati
2011-yilda Henrik Dalsgaard Daniya yoshlar jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shveysariya, Belarus va Islandiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2013-yil 26-yanvarda Henrik Dalsgaard Daniya terma jamoasi safida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
2018-yilda Henrik Dalsgaard Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Peru , Avstraliya , Fransiya va Xorvatiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika
2022-yil 31-oktabr holatida
Manbalar
uz.wikipedia.org