Henri Cartan
Henri Cartan (talaffuzi: Anri Kartan) (8-iyul 1904-yil — 13-avgust 2008-yil) — fransiyalik matematik. Cartan algebraik topologiya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1980-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Cartan Versaillesdagi Lycée Hoche oʻrta maktabida, keyin Parisdagi Oliy normal maktabda oʻqigan. 1931-yil noyabrdan Ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar Strasbourg universitetida dars bergan. Shundan soʻng Fransiyaning boshqa bir qator universitetlarida ilmiy lavozimlarni egallab, butun umrini Parisda oʻtkazgan.
Cartan gomologik algebra, algebraik topologiya, murakkab oʻzgaruvchan funksiyalar nazariyasi va umumiy topologiya sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Cartanning ilmiy ishlari Jean-Pierre Serre, Armand Borel, Alexander Grothendieck hamda Frank Adams kabi matematiklarga taʼsir koʻrsatgan. Cartanning rasmiy oʻquvchilari soni oz boʻlgan. Ular orasida Joséphine Guidy Wandja, Adrien Douady, Roger Godement, Max Karoubi, Jean-Louis Koszul, Jean-Pierre Serre va René Thomlar bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org