Helvella leucomelaena




Helvella leucomelaena oq oyoqli elf kosasi koʻrinishi sifatida tanilgan zamburug'lar bo'limiga oid o'simlik boʻlib, Pezizales kenja sinfining Helvellaceae oilasiga mansub zamburugʻlar turlaridan biri hisoblanadi. Umumiy nomidan koʻrinib turibdiki, u poyasining oq rangi bilan boshqa turlardan ajralib turadi.

Tavsifi



Mevali tanasining chuqur chashka shaklidagi qopqogʻi 3 santimetr (1 ⅛ fut) gacha kenglikda boʻladi. Qamburugʻ qopqogʻining tashqi yuzasi tepaga yaqin qora-jigarrang, poya yaqinida rangi oq rangga aylanadi; tananing ichki yuzasi qora rangda. Poyasi 4-sm (1 ⅝ fut) gacha boʻlishi mumkin. Tanasi uzoq vaqt davomida 0.5 santimetr (¼ fut) qalinlikda boʻlib qovurgʻasimon yoki burmali shakldagi qalpqogʻining pastki yuzasi boʻylab choʻzilgan.

Helvella asetabulum shunga oʻxshash sinfga oid tur boʻlib, tanasining shakli qovurgʻasimon koʻrinishda boʻladi.

Tarqalishi



Shimoliy Amerikada bu qoʻziqorin kamdan-kam uchraydi, lekin u Kaliforniya, Alyaska va Rokki togʻlarida toʻp-toʻp boʻlib oʻsishi aniqlangan. Janubiy Amerika va Yevropada ham maskur turga oid qoʻziqorinlar topilgan. Odatda ignabargli oʻrmonlarda yaxshi oʻsadi va oq novda barglar bilan yashiringan yoki toʻsib qoʻyilgan yoki qisman tuproqqa koʻmilgan holatda ham oʻsishi mumkin. Uni bahordan yozning boshigacha topish mumkin.

Yegulik sifatida ishatilishi



Ushbu qoʻziqorinni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi, chunki Helvellaceae oilasidagi shunga oʻxshash turlar giromitrin toksinini oʻz ichiga oladi va ovqat hazm qilish tizimiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Asosiy ozuqa sifatida ishlatiladigan turlar soni juda kam. Koʻp turlari ozuqa sifatida qoʻllash yaramaydi yoki juda zaharli hisoblanadi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz