Helen Ward (futbolchi)
Helen Jane Ward (née
Lander ; 1986-yil 26-aprelda tugʻilgan) — ayollar futbolida xalqaro darajadagi hujumchi. Hozirda FA Womenʼs Championshipdagi, Watford Women ayollar jamoasida oʻynaydi. Ward 2010-yilda „Arsenal“ jamosida oʻynaganidan soʻng, „Chelsea Ladies“da uch mavsum oʻtkazgan. Londonning Brent tumanida tugʻilgan Ward, futboldagi faoliyatini 14-yil oldin " Watford Ladies "da boshlagan. U jamoada koʻplab gollar muallifi hamda jamoa sardori boʻlgan.
Ward 2007-yilda Angliyaning 23 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasida oʻynagan, ammo 2008-yildan Wales terma jamoasini sharafini himoya qilishni boshlagan. U 44 ta gol bilan Wales terma jamoasining barcha vaqtlarda eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Klubdagi karyerasi
Ward oʻz faoliyatini " Watford Ladies "da boshlagan. U bu jamoaga toʻqqiz yoshida qoʻshilgan va keyinchalik klub sardori boʻlishga erishgan. U 2009-yilning yanvar oyida „Arsenal Ladies“ ga safiga qoʻshildi va oʻsha oyning oxirida „Arsenal“ jamoasi „FA Womenʼs Cup“ doirasida "Colchester United " jamoasi magʻlub etilganida debyut golini kiritgan.
Ward 2010-yil sentabrida „Chelsea Ladies“ga oʻtadi.
2013=yil dekabr oyida Ward „Chelsi“dan „Reding“ga oʻtishini eʼlon qildi. U yerda u „Arsenal“ va Walesdagi sobiq jamoadoshi, „Reding“ jamoasi menejeri boʻlgan Jayne Ludlow bilan shartnoma imzoladi. Ward 2015-yilgi FA WSL 2-mavsumi oldidan, 2014-yil sentabr oyida qizi Emily tugʻilganidan keyingina mashgʻulotlarga yana qaytdi.
2017-yilning 8-fevralida WardFA WSL 1 dagi yangi klub hisoblangan Yeovil Town Ladies jamoasiga qoʻshildi, ammo ikkinchi farzandiga homiladorligini eʼlon qilib, shartnomasini bekor qilishga majbur boʻladi.
Hujumchi 2017—2018-yilgi mavsum oldidan oʻz uyi „Wattford FC Ladies“ safiga qoʻshiladi va klub bilan 2018—2019-yilgi mavsum oldidan shartnomani uzaytirdi.
2021-yil fevral oyida Ward London Bees jamoasiga qisqa muddatli ikki tomonlama shartmona evaziga qoʻshiladi.
Xalqaro darajadagi oʻyinlar
2007-yil iyul oyida Ward, Nordic Cup doirasida, <a href="https://en.wikipedia.org/wiki/England_womenʻs_national_under-23_football_team" rel="mw:ExtLink" title="England womenʻs national under-23 football team" class="cx-link" data-linkid="196">England womenʼs national under-23 football team</a>da,Finlandiyadan 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, 10 daqiqa oʻynaydi.
Ward Angliyani 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar safida oʻyinlar oʻtkazgan, ammo bobosi Waleslik boʻlganligi sabab Wales terma jamoasi safida 2008-yilning 30-sentyabrida <a href="https://en.wikipedia.org/wiki/Luxembourg_womenʻs_national_football_team" rel="mw:ExtLink" title="Luxembourg womenʻs national football team" class="cx-link" data-linkid="201">Luxembourg</a>ga qarshi oʻyinda debyut qiladi. Wales 6:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, Ward ikkinchi golni oʻz hisobiga yozib qoʻyadi.
2010-yil avgust oyida Ozarbayjon ustidan 15:0 hisobida gʻalaba qozongan Wales terma jamoasining oltita golli Ward mualliflik qiladi. Bu paytda u „Chelsea“ klubi futbolchisi sifatida qayd etilgan. Ward 2013-yil sentabr oyida Belariusga qarshi oʻyinda 50-oʻyinini oʻtkazganida, xalqaro maydonlarda 30 ta gol urishiga erishgan edi. 2021-yil oktabr holatiga koʻra, Ward 99 ta oʻyinda 44 ta gol urgan holda Wales terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar oʻyinchi sifatida qayd etilgan.
2022-yil 8-aprelda Uord 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Fransiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlib, Uels terma jamoasi uchun 100-uchrashuvini oʻtkazdi.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org