Heinrich Bertsch




Heinrich Gottlob Bertsch (1897-yil 11-yanvar, Rosenfeld – 1981-yil 19-mart, Beriln) nemis kimyogari. U dunyodagi birinchi yuvish vositasining ixtirochisi hisoblanadi.

Hayoti



Heinrich Bertsch maktab oʻqituvchisining oʻgʻli boʻlib, u Ludwigsburg Oberrealschule shaharchasida oʻqigan. 1916-yilda oʻrta maktabni tamomlagan. Birinchi jahon urushidagi harbiy xizmatdan soʻng 1919-yildan Shtutgart texnika universitetida kimyoviy texnologiya fakultetida tahsil olgan va shu yerda oʻqishni tugatgan. 1921-yilda magistrlik diplomi va 1922-yilda muhandislik fanlari doktori darajasini olgan. Shtutgart va Dresdendagi oʻqtuvchilik lavozimlardan soʻng 1924-yil 1-avgustda Böhme AG kompaniyasida kimyogar lavozimini egallagan. U yerda dastlab toʻqimachilik sohasida tadqiqot olib borgan.

1927- yilda Böhme AGning bosh kimyogari etib tayinlangan.

1932-yilda Bertsch birinchi yuvish vositasi boʻlgan Fewani ixtiro qilgan. Fewaning muvafaqqiyati orqasidan Henkel Groupsning kompaniyasining 1935-yilda Böhmega qoʻshilishiga va 1941-yil oktyabr oyida Böhme-Fettchemie kompaniyasining asos solinishiga sabab boʻlgan. Bundan soʻng Bertschga Böhme-Fetchemie, Genthindagi Persil va Rodlebendagi nemis zavodlarini oʻz ichiga olgan Henkelning markaziy nemis zavodlari guruhini kimyogari boʻlib ishlagan.

U Böhme-Fettchemie kompaniyasini va 1946-yilda Saksoniyadagi referendumdan keyin milliylashtirilgan butun kimyo sanoatini boshqarishni oʻz qoʻliga olgan.

Shuningdek, 1950-yilda Bertsch Berlin Gumboldt universitetida kimyoviy texnologiya boʻyicha professor lavozimida ishlagan. 1953-yilda Germaniya Fanlar Akademiyasiga qabul qilindi va 1954-yildan 1963-yilgacha yaʼni nafaqaga chiqqunga qadar Akademiyaning Organik kimyo institutining direktori boʻlib ishlagan. 1958-yilda u yangi tashkil etilgan Institute of Fat Chemistry direktori etib tayinlangan, 1958-yildan 1969-yilgacha Chemisches Zentralblatt gazetasi muharriri va 1958-yildan 1961-yilgacha Institute of Documentation direktori boʻlgan. 1957-yildan 1963-yilgacha u Shtutgart universitetining kimyo, geologiya va biologiya fakultetlarining dekani boʻlib ham ishlagan.

Bertsh GeramniyaDemokratik Respublikasidagi xizmatlari uchun bir qancha mukofotlarga, jumladan Germaniya Demokratik Partiyasining Milliy mukofotiga sazovor boʻlgan. 1953- yilda esa Klasse mukofoti va 1959-yilda Vatanparvarlik xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz