Hedvig Lindahl
Rut Hedvig Lindahl (1983-yil 29-aprelda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Atletiko Madrid va Shvetsiya terma jamoasi darvozaboni.2004, 2005 va 2009-yillarda Shvetsiyada yilning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan.
Dastlabki karyera
13 yoshida u professional futbolchiga aylandi. Bungacha u Groppthorps va Baggethorps yoshlar klublarida oʻynagan. U oʻz faoliyatini hujumchi sifatida boshlagan, ammo keyinchalik darvozabonga oʻzgartirgan.
Jamoalardagi faoliyati
1996-yildan beri u professional futbol klublarida oʻynagan. 2001-yilda u Malmyo futbol klubiga oʻtdi. U bu jamoadagi faoliyatini 2003-yilda yakunlab, FC Linköpingga oʻtdi. Hedvig 2004-yildan 2009-yilgacha Linköpingda besh mavsum oʻynagan. 2009-yildan 2010-yilgacha Goteborg futbol klubida oʻynagan. Ammo 2010-yilgi mavsumdan soʻng jamoa bosh murabbiyi Torbyorn Nilsson futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va 2011-yilda Lindal Kristianshtad klubiga oʻtdi.
Xalqaro karyera
2002-yildan beri Shvetsiya terma jamoasida asosiy tarkibdaoʻynab kelmoqda. 2005 va 2009-yillardagi Yevropa chempionatlari Shvetsiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan, shuningdek 2003, 2007 va 2011-yillardagi jahon chempionatlari, hamda, 2004, 2008 va 2012-yillardagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida terma jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan.
Yutuqlar
Linköping
Chelsea
Shaxsiy hayoti
Sabine Willms bilan 2011-yildan beri oila qurishgan. 2014-yilda juftlik Timoti (Timoti) ismli oʻgʻil koʻrdilar. 2017-yil yanvar oyida juftlik ikkinchi oʻgʻil farzandni koʻrishdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org