Heather Burns
Heather Burns (7-aprel, 1975-yil, Chicago, Illinois, AQSh) amerikalik aktrisa boʻlib, 2000-yilgi “Miss Congeniality” filmidagi Miss Rhode Island roli va 2005-yilda “Miss Congeniality 2: Armed and Fabulous” davomi filmidagi Miss United States roli bilan tanilgan. Uning boshqa filmdagi chiqishlari orasida You've Got Mail (1998), Two Weeks Notice (2002) va Bewitched (2005) kabi filmlar mavjud.
Hayoti va faoliyati
Burns Illinois shtatining Chikago shahrida tavallud topgan. U tug'ilgan shahridagi Evanston Township o'rta maktabini tamomlagan. Bo'lajak aktrisa New York universiteti qoshidagi Tisch san'at maktabida ham tahsil olgan. Uning otasi Jim Burns "Chicago Bulls" basketbol jamoasida harakat qilgan va advokat sifatida 1992—1996-yillarda Chicagoda faoliyat yuritgan.
Burns Sandra Bullock bilan birgalikda bir qator filmlarda suratga tushgan, jumladan, Miss Congeniality (2000), Two Weeks Notice (2002) va Miss Congeniality 2: Armed & Fabulous (2005)kabi filmlarda. U “What's Your Number?” (2011) filmida ham rol oʻynagan. Shu bilan birga, u HBO telekanalida efirga uzatilgan serial Bored to Deathda Zach Galifianakis bilan rol o'ynagan. Amazonning Sneaky Pete (2017) veb-serialida Trish rolini ham ijro etgan.
Aktrisa 2020-yilda Netflixning "The Politician" serialida mehmon yulduz sifatida paydo bo'ladi va u o'zining ijrosi uchun maqtovga sazovor bo'ladi.
Shaxsiy hayoti
Burns aktyor Ajay Naidu bilan turmush qurganligi manbalarda keltirilgan.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org