Headbang
Headbang yoki
headbanging (hedbang, hedbanging deb talaffuz qilinadi; ingl. head — bosh, kalla, bang — tebratish, urish) heavy metal musiqasi ostida tushiladigan bir raqs turi boʻlib, unda boshni musiqa ritmiga monand tebratiladi. Headbang qilayotgan odamga headbanger, deyiladi. Headbangerning sochi uzun boʻlsa, raqs ayniqsa effektli koʻrinadi.
Headbangʻdan soʻng alkogol taʼsiriga oʻxshagan sarhush kayfiyat paydo boʻlishi kuzatiladi. Bu ham headbang qilishning sabablaridan biridir.
Tarix
Bosh silkitib raqsga tushish ibtidoiy zamonlardan beri maʼlum, u ritual bazmlar paytida odamlar trans holatida tushayotgan raqslarining bir qismini tashkil qilgan. Lekin rok musiqaga «headbang» raqsi va atamasi 1968 yili Led Zeppelin'ning Bostondagi konserti paytida kirib kelgan, deb hisoblanadi. Oʻsha konsertda birinchi qatorlarda turgan tinglovchilar boshlarini musiqaga monand ravishda silkitishni boshlashgan.
Usullar
Headbangʻning koʻpgina usullari bor, jumladan:
Sog‘liqqa taʼsiri
Headbang boʻyin va umurtqa ogʻriqlarini keltirib chiqarishi mumkin, lekin bu ogʻriqlar bir-ikki kunda oʻtib ketadi. Biroq, agar headbangʻdan avval kerakli tayyorgarlik koʻrilmasa, boʻyin mashqlari qilinmasa, tomir tortishib qolishi mumkin. Uning miyaga zarari bor ekanligi ham daʼvo qilingan, ammo bu isbotlanmagan. Lekin har ehtimolga qarshi headbangʻli konsertlarga haftasiga bir marotabadan koʻp bormaslik tavsiya etiladi.
Shuningdek
uz.wikipedia.org