Héctor Moreno
Héctor Alfredo Moreno Herrera (1988-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX chempionatida Monterrey klubi va Meksika terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Dastlab Moreno "Universidad Nacional" klubining yoshlar jamoasi tarkibida toʻpsurgan, ushbu klubda 2006-yilda 18-yoshida debyut qilgan. U bir yildan soʻng xorijga koʻchib ketadi va Gollandiyaning "AZ Alkmaar" jamoasiga qoʻshiladi va u bilan birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritadi. U 2011-yilda Ispaniyaning “Espanyol” jamoasiga kelib qo‘shildi va “PSV Eyndxoven” bilan Gollandiyaga qaytgunga qadar bu jamoada to‘rt yil o‘ynadi. 2017-yilda Moreno "Roma"da qisqa vaqt davomida toʻp surdi va "Real Sosedad" jamoasi bilan shartnoma tuzgan holatda Ispaniyaga qaytdi.
Moreno 2005-yilda Peruda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqqan Meksikaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi a'zosi edi. U Meksikani 2010, 2014, 2018 va 2022-yillardagi FIFA Jahon chempionatida, shuningdek, 2011 va 2019-yillardagi CONCACAF Oltin kubogi, Kopa Amerika kubogi hamda 2013 va 2017-yillardagi FIFA Konfederatsiyalar kubogida himoya qilgan.
Jamoalardagi faoliyati
Universidad Nacional klubi
Ektor Moreno "Universidad Nacional" klubining yoshlar jamoasiga 2003-yilda 15 yoshida qoʻshilgan va 2005-yilda Meksika bilan FIFA U-17 Jahon chempionatida gʻolib chiqqanidan keyin asosiy jamoaga oʻtgan.
Moreno oʻzining professional debyutini Klausura 2006 turnirida oʻtkazdi va shu yili 22-yanvar kuni "Santos Laguna" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, Xerardo Galindoning oʻrniga 88-daqiqada maydonga tushadi. U oʻzining birinchi toʻliq 90 daqiqasini 12-fevral kuni Verakrus ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabaga erishgan oʻyinda oʻtkazdi va keyingi haftada Kruz Azulga 1:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi golini kiritdi.
AZ klubi
2007-yil 13-dekabrda Moreno Gollandiyaning AZ klubiga 4,5 mln. AQSh dollari evaziga transfer qilinganini e'lon qiladi. U Erediviziyadagi debyutini 2008-yilning 1-mart sanasida Roda JKga qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda oʻtkazdi va ushbu baxsda toʻliq 90 daqiqatoʻp suradi. 2009-yil aprel oyida Moreno AZ klubi bilan birinchi Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritadi. 22-aprelda Moreno AZ klubi bilan shartnomani 2014-yilga qadar uzaytirgani haqida xabar e'lon qilinadi.
25-iyul kuni AZ finalda Xerenvesenni 5:1 hisobida magʻlub etib, Yoxan Kroyff Shildni qoʻlga kiritadi . Moreno UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini 16-sentyabr kuni "Olimpiakos" ga qarshi bahsda oʻtkazadi va ushbu baxsda jamoasi 0:1 hisobida magʻlub boʻladi. 2010-yilning 7-fevralida AZ klubi “Feyenoord”klubiga qarshi bahsda Moreno 87-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab goʻl uradi va jamoasini 2:1 hisobida g‘alaba qozonishiga koʻmak beradi. U 2010-yil 13-mart kuni RKC Waalwijk ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumdagi uchinchi golini kiritadi. U oʻzining toʻrtinchi golini 18-aprel kuni Villem II ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada kiritadi.
Espanyol
2011-yil 22-iyun kuni Moreno ma'lum miqdordagi toʻlov evaziga besh yillik shartnoma asosida Ispaniya La Ligasining "Espanyol" klubiga oʻtishi e'lon qilindi. 28-avgust kuni u La Ligada "Malyorka"ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 26-sentabr kuni u oʻzining birinchi golini "Levante"ga 1:3 hisobida yutqazgan oʻyinida kiritdi. 3-dekabr kuni u "Valensiya"ga 1:2 hisobida magʻlub boʻlganida ikkinchi liga golini urdi. Moreno oʻzining mavsumdagi uchinchi golini "Rasing de Santander"ga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urdi.
2012-yil 4-oktabrda Moreno "Espanyol"ning 2011-12-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, u oʻzining debyut mavsumida, ligada 35 ta oʻyin oʻtkazadi (jami 3295 daqiqa oʻynadi) va bitta golli uzatma bilan uchta gol uradi.
2014-2015-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Moreno 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida Meksika terma jamoasi safida oʻynaganida jarohat olgan chap oyoq suyagi singanligi sababli olti oygacha safdan chiqishi e'lon qilingan edi. Ushbu olagn jarohati yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga oʻtishga toʻsqinlik qilgan. Moreno toʻrt oydan soʻng 14-noyabr kuni Marselga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida futbolga qaytdi va 68-daqiqada Felipe Kaysedoning oʻrniga maydonga tushadi, ushbu oʻyinda jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi.
PSV
2015-yilning 15-avgustida PSV Eyndxoven Moreno bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Eredivizionga qaytib kelgach, Moreno 5 mln yevro evaziga ushbu klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Moreno oʻzining debyutida asosiy tarkibdan joy oldi va 12-sentyabr kuni Camburuga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uch kundan soʻng, PSVning 2015-16 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi oʻyinida Moreno Lyuk Shouning ikki oyogʻi bilan bergan kuchli zarbasidan soʻng oyogʻi sinadi. Jiddiy jarohat olganiga qaramasdan Moreno oʻyinda "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishga yordam bergan boʻladi va PSV uchun 47-daqiqada gol uradi. Keyinchalik u UEFAning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.
Roma
2017-yilning 13-iyunida Moreno Italiyaning “Roma” klubiga 4 yillik shartnoma asosida o‘tadi. U A Seriyadagi debyutini 16-sentabr kuni “Roma”ning “Hellas Veron” klubiga qarshi o‘yinida (3:0) o‘tkazadi va uni 73-daqiqada Kostas Manolasga almashtirishadi.
Real Sosedad
2018-yilning 31-yanvarida Ispaniyaning “Real Sosedad” klubi Morenoni “Roma”dan 6 million yevro evaziga transfer qilganini e’lon qiladi va klub Moreno bilan 2021-yilgacha shartnoma imzoladi. 15-fevral kuni u "La Real" safida Yevropa ligasida "Red Bull Zalsburg"ga qarshi bahsda debyut qildi va jamoaning 2:2 hisobidagi durang oʻyinida 76 daqiqa davomida oʻynadi. Hafta oʻrtasidagi mashgʻulotlar paytida Moreno ichki obturatoridan 1-darajali jarohat oladi, natijada u noma'lum muddatga safdan chiqadi.
Al-Gharafa
U 2019-yil iyul oyida “Al-Gharafa”klubiga o‘tdi va bu uni Qatar Yulduzlar ligasida o‘ynagan ilk meksikalik futbolchiga aylantirdi. Keyingi oyning 22-avgust kuni u Al-Shahaniya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda debyut qildi. 9-noyabr kuni u Umm Salal SC ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda jamoa uchun birinchi golini urdi.
Monterrey
2021-yilning 7-iyunida Moreno Monterreyga erkin agent sifatida qoʻshildi.
oʻyin uslubi
Moreno chap oyoqli himoyachi boʻlib, u zamonaviy markaz himoyachisini xarakterlovchi ajoyib paslar bilan hujumlarni himoyadan boshlashga qodir oʻyinchi hisoblanadi. Bleacher Report uchun maqola yozgan Allan Jiang uni "noqulay vaziyatlarda paydo boʻlish va tezda reaksiyaga kirishish" qobiliyatiga ega oʻyinchi deya ta'riflaydi. U Morenoning oʻyin uslubini himoyadagi ustun pozitsiyani saqlab qolish, jokey qilish va raqib oʻyinchisini xato qilishga majburlash qobilyatlariga ega kuchli himoyachi deb ham ta'riflaydi.
Karyera statistikasi
Klub
Xalqaro
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Meksikaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ball ustuni Morenoning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Yutuqlar
Monterrey Meksika U17 Individual Manbalar:
Ma'lumotnomalar
uz.wikipedia.org