Héctor Bellerín




Hector Bellerin Moruno (1995-yil 19-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, APLning "Arsenal” klubi va Ispaniya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi va hujumkor qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Bellerin oʻz faoliyatini "Barselona"da boshlagan va 2011-yilda "Arsenal"ga oʻtgan. 2016-yilning 21-noyabrida u klub bilan 2023-yilgacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Bellerin Ispaniya terma jamoasi safida U16 dan U21 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida oʻynagan. U 2016-yilda Ispaniya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va keyinchalik oʻsha yilgi Yevropa chempionati uchun ham tarkibga kiritilgan.

Yoshligi




Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Bellerin futbolchilik faoliyatini "Barselona" yoshlar jamoasida boshlagan. U 2011-yilning yozida "Arsenal"ga oʻtdi va keyingi yili oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. "Arsenal"ning yosh oʻyinchisi sifatida Bellerin klubga 2012-13 yilgi NextGen seriyasida toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam berdi.

Jamoalardagi faoliyati



Arsenal



Dastlabki yillar va "Watford"ga ijaraga berilishi
Bellerin 2013-yil 25-sentyabrda Liga kubogining uchinchi turida “West Bromwich”ga qarshi oʻyinda 1:1 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seriyasida 95-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyutini amalga oshirdi.

Ikki oy oʻtgach, Bellerin Championship klubi "Watford"ga ikki oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi va oradan sakkiz kun oʻtib "Yeovil Town"ga qarshi oʻyinda debyut qildi. «Watford»dagi ijara muddati mavsum oxirigacha uzaytirildi, ammo 2014-yilning fevralida «Arsenal» uni qayta chaqirib oldi.

2014–15: Angliya kubogidagi ilk gʻalaba
Mathieu Debuchy, Calum Chambers va Nacho Monrealning jarohatlari sabab Bellerin Chempionlar ligasidagi debyutini 2014-yilning 16-sentyabrida Dortmundning "Borussiya"siga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchralgan uchrashuvda oʻtkazdi. U 2015-yilning 1-fevralida “Arsenal” uchun birinchi golini “Aston Villa”ga qarshi oʻyinda (5:0) urishga muvaffaq boʻldi va 4-aprel kuni “Liverpul” ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda garchi Raheem Sterlingga qarshi qoʻpol oʻynab penaltidan gol kiritilishiga sababchi boʻlgan esa-da, jamoaning ikkinchi golini kiritib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi.

2021–22: Real Betisga ijara
2021-yil 31-avgustda Bellerin oʻn yildan soʻng Ispaniyaga qaytib, "Real Betis"ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.

Xalqaro maydonda...



U19 terma jamoasi bilan 2013-yilgi Yevropa chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgan Bellerin 2015-yilning 30-martida Albert Celadesning U21 terma jamoasida debyut qildi va Leonda Belarus ustidan 4:0 hisobidagi zafar quchilgan oʻrtoqlik oʻyinida toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.

2016-yilning 29-mayida, Yevropa chempionatida asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida qayd etilganidan soʻng, Bellerin St. Gallendagi AFG Arenada Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:1) maydonga tushib, milliy terma jamoa safida debyut qildi. Ikki kundan soʻng, Dani Karvaxal jarohat tufayli oʻyinni tark etganidan soʻng, u yakuniy tarkibga chaqirildi.

Karyera statistikasi



Klub



2022-yil 15-may holatiga ko'ra[15][16]

Xalqaro



2020-yil 12-noyabr holatiga ko'ra[17]

Sovrinlar



Arsenal

Real Betis

Ispaniya U21

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz