Hazuri bogʻ
Hazuri Bogʻ (urdu.
حضوری باغ ) – Pokistonning Lahor shahridagi bogʻ, sharq tarafidan Lahor qal’asi, gʻarbda Badshaxi masjidi, shimolda Ranjit Singx Samadxi va janubda Roshnay darvozasi bilan tugaydi. Bogʻ Maharaja Ranjit Singx davrida, Boburiy bogʻlari uslubida qurilgan. Bogʻning markazida 1813-yilda Shuja Shoh Durroniydan Koʻhi Nur olmosini tortib olinganining sharafiga 1818-yilda Maharaja tomonidan qurilgan Hazuri Bogʻ Baradari joylashgan. Hazuri bogʻi joylashgan joyda avval Serai Olamgiri karvonsaroyi boʻlgan.
Tarixi
Hazuri bogʻi Faqir Azizuddin tomonidan anʼanaviy Boburiy uslubida loyihalashtirilgan. Aytishlaricha, Ranjit Singx Jamadar Xushxal Singx taklifi bilan Lahorning turli maqbaralaridan marmar buzib olib kelib, baradari qurishni buyurgan. Bu vazifa Xalifa Nuriddinga topshirilgan.
Galareya
Manbalar
uz.wikipedia.org