Hazratqul Qarshiboyev




Hazratqul Qilichevich Qarshiboyev (1953-yil 1-mart, Boyovut tumani, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik biolog olim, biologiya fanlari doktori (2002), professor.

Biografiyasi



Hazratqul Qarshiboyev 1953-yil 1-mart Boyovut tumanida tugʻilgan. 1970—1975-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakultetida tahsil olgan. 1975-1977-yillarda Boyovut tumani 18-maktabning biologiya va kimyo fanlari oʻqituvchisi, 1977—1978-yillarda harbiy xizmatda, 1978—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy tadqiqotlar instituti stajyor-tadqiqotchisi, ilmiy xodimi, 1986—1990-yillarda Sirdaryo davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi, Umumiy biologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, kafedra dotsenti, tabiatshunoslik fakulteti dekani oʻrinbosari, fakultet dekani, 1992—2012-yillarda Guliston davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, 2012—2019-yillarda „Botanika va ekologiya“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2019-yildan „Dorivor oʻsimliklar va botanika“ kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati



Hazratqul Qarshiboyev 1983-yilda „Miya va ayritojli turkum vakillarining gullash biologiyasi va mevalashi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2002-yilda „Oʻzbekistonning qurgʻoqchil sharoitida dukkakli oʻsimliklarning urugʻ yordamida koʻpayishi“ mavzusidagi doktorlik ishini himoya qilgan. 350 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 15 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalari, 8 ta monografiya muallifi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz