Hazrati Sulton (masjid)
Koordinatalari: 51°07′30″N 71°28′20″E / 51.12500°N 71.47222°E / 51.12500; 71.47222 G O
Hazrati Sulton (qozoqcha: Әзірет Сұлтан мешіті) - Nur-Sultondagi jome' masjidi, Qozog'istondagi birinchi yirik masjid.
Nomlanishi
Elboshi Nursulton Nazarboyev taklifi bilan masjidga “Xazrati Sulton”, ya’ni “Muqaddas Sulton” deb nom berildi. Ma’lumki, “Xazrat Sulton” maqbarasi Turkistonda joylashgan so‘fiy shayx «Devoni hikmat» muallifi Xoja Ahmad Yassaviyning epitetlaridan biridir.
Qurilishi
Masjid qurilishi 2009-yilning iyun oyida Ostonada boshlangan edi. Turli davrlarda 1000 dan 1500 gacha odam jalb qilingan. 2012-yil 6-iyul kuni soat 12:30da poytaxtning noyob obyektlari qatoriga qo‘shilgan masjidning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Xususiyatlari
Bino klassik islom uslubida, an'anaviy qozoq bezaklari bilan qurilgan. Yesil daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan masjid “Tinchlik va totuvlik saroyi” va “Qozoq eli” yodgorligiga tutash joylashgan. U besh ming namozxonni, bayramlarda esa 10 ming kishini sig‘dira oladi. Hazrati Sulton masjidining butun maydoni 11 gektardan ortiq, binolar maydoni esa 17 700 kvadrat metrni tashkil etadi. "Hazrati Sulton" Qozog'istondagi eng katta gumbazga ega bo'lib, balandligi 51 metr va gumbaz asosining diametri 28,1 metr. Masjidning diametri 10,45 va 7,6 metr, tepalari esa 33,46 va 25,25 metr bo‘lgan sakkizta kichik gumbazlari ham bor. Masjid burchaklarida balandligi 77 metr boʻlgan 4 ta minora oʻrnatilgan. Arxitektura loyihasiga koʻra, ibodatxona toji Makka tomon yoʻnaltirilgan yarimoy bo'lgan 80 metrlik nay boʻlishi kerak edi. Mazkur inshootning funksional imkoniyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, binoda tahorat va to‘y marosimlari uchun xonalar, Qur’on o‘qish zallari hamda o‘quv-ma’rifiy guruhlar uchun darslar tashkil etilganini ta’kidlash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bu muhtasham bino barcha zamonaviy talablarga javob beradi.
Voqealar
Imomlari
Manbalar
uz.wikipedia.org