Hazrati Maʼsuma saroyi
Hazrati Maʼsuma saroyi — Eronning Qum ustonidagi saroy. Bu imorat islom dunyosidagi eng katta va chiroyli diniy maskanlaridan biridir. Imoratning qurilishi bir necha bosqichda davom etgan boʻlib, dastlabki hijriy-qamariy III asrda (milodiy 815-yil) boshlanib, IV asrda (milodiy 912-yil) maqbara va VI asrda (milodiy 1106-yil) gumbaz barpo etilgan. Saroy yaqinida Oyatulloh Burujardiy nomidagi ulkan masjid joylashgan. Ushbu majmuaga islom olamidagi buyuk olimlar dafn etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org