Hazrat Sufiyoni Savriy qadamjolari




Hazrat Sufiyoni Savriy qadamjosi  — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik.

Tarixi



Buxoro eski shahar qismida Toʻpxon guzarida Hazrat Shayx Sufiyoni Savriy qadamjosi mavjud. Mazkur ziyoragohda qadimda darvozaxona va masjid mavjud boʻlgan. Qadamjoda oʻndan ortiq qabrlar mavjud boʻlib, ustida yozuvli marmartoshlar bor, ammo vaqt oʻtishi bilan bu yozuvlar oʻchib ketgan. Hozirgi kunda ularni oʻqishni imkoni mavjud emas. Hazrat Sufiyoni Savriy (715—778) yillarda yashagan. Sufiyoni Savriy ziyoratgohi toʻgʻrisida „Tuhfat az zoirin“ va „Tarixi Mullozoda“ manbalarida maʼlumotlar uchraydi. Manbalarga koʻra bu yerda Sufiyoni Savriy dafn qilinmagan. Ushbu ziyoratgoh esa qadamjodir.
Hazrat Sufiyoni Savriy toʻgʻrisida Fariddin Attor oʻzining "Tazqirat ul-avliyo" asarida shunday yozilgan: Hazrati Shayx Sufiyoni Savriy, qoddasallohu sirrahu, shayxlarning ulugʻlaridan boʻlib, xalifalikni qabul etmagan zotdir. Zohir va botin ilmlarida naziri yoʻq erdi. Bir kuni masjidga avval chap oyogini bosib kirgan edi, bir ovoz eshitdi: „Yo Savr! Nechun oʻng oyogʻing bilan kirmading?“ Sufiyon Savriy bu sadoni eshitishi bilan behush boʻldi. Xushiga kelgach, qoʻli bilan soqoliga yopishib, oʻz yuziga bir necha tarsaki urdi va dedi: „Bir sunnatni tark etib, adabsizlik qilganing uchun otingni Savr qoʻydilar, yana bir adabsizlik qilsang, tasavvur etgilki, ne derlar!“ Bir kuni ekinzor ichiga kirganida, ovoz keldi: „Yo Savr! Banda Haqdan inoyat yetsa, uning oyogʻini va jamʼi andomini yaramas ishlardan saqlagaydir!“ Sufiyon hazratlari betob boʻlib qoldi. Xalifaning juda ham sodiq bir nasoro tabibi bor edi, uni Sufiyonni davolamoq uchun joʻnatdilar. Shayxning peshobini shishaga solib koʻrdi. Boshini chayqab yigʻladi: „Bu Savrning Alloh taolo qoʻrquvidan jigari pora-pora boʻlibdi“, -dedi. Filhol, zunnorini kesib musulmon boʻldi. Xalifa: „Biz hakimni bemor huzuriga joʻnatdik, deb oʻylabmiz. Magar bemorni hakimga joʻnatgan ekanmiz![2]“ - deb yozilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Hazrat Sufiyoni Savriy qadamjolari — O‘zbek tasavvuf tarixida muhim o‘rin tutuvchi ziyoratgohlar va ilohiy shaxslarning muqaddas joylari bo‘lib, ular orqali ruhiy poklanish va ilohiy ilhom olish maqsad qilinadi. Bu qadamjolar asosan Hazrat Sufiyonning hayoti, faoliyati va tasavvuf yo‘lida qoldirgan izlari bilan bog‘liq joylardan iborat.

Hazrat Sufiyoni Savriy — o‘z davrining mashhur sufi olimi va xayrgo‘y shaxs sifatida tanilgan. Uning qadamjolari nafaqat diniy, balki madaniy meros sifatida ham saqlanib kelmoqda. O‘zbekiston hududida joylashgan bu qadamjolar ko‘plab ziyoratchilar, ilm-fan va tarix ixlosmandlarining e'tiborini tortadi.

Hazrat Sufiyoni Savriy qadamjolarining ahamiyati quyidagilardan iborat:

  1. Ruhiy poklanish manbai: Ziyoratchilar ushbu qadamjolarda ibodat qilib, o‘z qalbini poklaydi, tasavvuf ta'limotlariga yaqinlashadi.

  2. Madaniy meros: Bu joylar O‘zbekistonning qadimiy madaniy va diniy merosining bir qismi hisoblanadi, ularni asrab-avaylash zarur.

  3. Tarixiy yodgorlik: Qadamjolar orasida Hazrat Sufiyoning hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beradigan tarixiy yodgorliklar mavjud.

  4. Turizm va ta'lim: Bu ziyoratgohlar turizm uchun ham muhim nuqta hisoblanib, ularning o‘rganilishi orqali jamiyatda diniy bag‘rikenglik va ma'naviyat rivojlanadi.

Umuman olganda, Hazrat Sufiyoni Savriy qadamjolari o‘zbek xalqining ruhiy hayoti va madaniy qimmati sifatida har doim alohida e'tibor bilan qaraladi va asrab-avaylanadi. Ushbu qadamjolarni ziyorat qilish orqali kishilar o‘z ruhiyatlarini boyitishi, Tasavvuf yo‘lidan o‘tgan buyuk shaxslarning merosini chuqurroq anglab yetishi mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz