Hazrat Sabohiy




Hazrat Sabohiy (1948-yil 15-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – tarjimon, yozuvchi, adabiyotshunos. U Tojikiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, 1988-yilgi sanʼat sohasidagi eng yaxshi yozuvchi mukofoti laureati.

Biografiyasi



Hazrat Sabohiy 1948-yil 15-dekabr kuni Oʻzbekiston SSR ga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1971-yil Lenin nomidagi Ukraina davlat filologiya fakultetining jurnalistika yoʻnalishini tamomlaydi. 1971-yildan 1976-yilgacha „Tojik komsomoli“ gazetasida ilmiy xodim sifatida faoliyatini boshladi. Hazrat Sabohiy 1971-yili Tojikiston SSR Fanlar akademiyasida katta ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1972-yildan 1997-yilgacha Tojikiston Fanlar akademiyasining tarix va arxeologiya institutida sanʼatshunoslik boʻlimi mudiri boʻlib ishladi. Hazrat Sabohiy 1997-yildan 2000-yilgacha „Samarqand ovozi“ gazetasida masʼul kotib lavozimida ishladi. U 2000-yildan 2011-yilgacha Eron Islom Respublikasidagi Xuroson madaniyati tashkilotida tarjimon sifatida faoliyat yuritdi. 2011-yil Tojikiston Milliy axborot agentligida muharrir va tarjimon boʻlib ishlaydi. Hazrat Sabohiy ayni paytda Samarqand viloyatidagi Samarqand shahrida yashab, ijod qilmoqda.

Ijodi



Hazrat Sabohiy 1979-yil „Sadriddin Ayniy asarlari kinematografiya asosi“ nomli asarini yozib tugatadi. Xuddi shu kitobi uchun 1988-yil „Yilning eng yaxshi sanʼat kitobi“ nominatsiyasini olgan. U 1998-yil „Shohnoma“ asarini yozgan. 2010-yil esa, „Ismoil Somoniy“ nomli asarini yozdi. Hazrat Sabohiy Oʻzbekistondagi tojik tilida taʼlim beriladigan umumtaʼlim maktablarining 4-sinf oʻquvchilariga moʻljallangan „Tojik tili“ darsligi muallifi hisoblanadi. Hazrat Sabohiyning 100 dan ortiq maqolalari Tojikiston, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Ukraina va Litva davlatlarining jurnal va gazetalarida chop etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz