Hazrat Hasanxoja Nisoriy
Hazrat Hasanxoja Nisoriy — (1516—1597) — alloma va avliyo.
Hazrat Hasanxoja Nisoriy - shoir, olim, tazkiranavis, alloma bo‘lib, 1516-yil Buxoroda tavallud topgan va 1597-yil vafot etgan. Qabri Bahouddin Naqshband ziyoratgohlaridadir. Hasanxoja yoru do‘stlarga hamma narsam nisordur, degan maʼnoda “Nisoriy” taxallusini o‘ziga tanlangan. Nisoriy ilmni avval o‘z otalari Poshoxoja bin Abduvahhobxojadan o‘rganadi. Nisoriy Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Keyinchalik diniy bilimlar bilan birga riyoziyot, tabobat, handasa, musiqa ilmlarini ham puxta egallaydi. Nisoriy Buxoroda Abdulazizxon hukmdorligi davrida sadrlik lavozimida xizmat qilgan. Abdullaxon II zamonida esa malikushshuaro bo‘ladi Nisoriydan Mutribiy, Fitratiy, Davoiy, Sho‘xiy, Shohid kabi shogirdlar taʼlim olib, yetuk shoir bo‘lgan. Hasan Nisoriyning asarlaridan namunalar ko‘plab tazkira, bayoz, tarixiy kitoblarda mavjud. Quyidagi g‘azal Hasanxoja Nisoriy qalamlariga mansub: Xurshid lamʼaye zi jamoli Muhammad ast, Gul partave zi orazi oli Muxammad ast. Az kidki sunʼ surati Yusufki rux namud Go‘y namunaye zi jamoli Muhammad ast. Nuqson kamodu ayb hunar rap shavad zi ayb Onro ki uzrxoh kamoli Muhammad ast. Dar har kucho ki hast alafi toza, sinaro Dar orzui toza niholi Muhammad ast. Ba qomati xamida Nisoriy, chu mohi nav, Moyil ba abro‘ye chu hiloli Muhammad ast. Mazmuni: Quyosh Muhammad s.a.v. jamollaridan bir shuʼladir, ul Muhammadning ol yuzdaridan bir yog‘dudi uchqundir. Yaratuvchining qalami tufayli yuz ochgan Yusuf a.s. suratlari, go‘yo Muhammad s.a.v. jamollaridan bir namunadir. Kamchiliklar bekamu ko‘stlikka aylansa, aybimiz sanʼat darajasiga koʻtarilsa, buning nima ajablanadigan joyi bor, chunki uning kechiruvchisi Muhammad s.a.v.ning yetuk vositalaridir. Qayerda yangi maysa unib chiqsa, qalbda yana Muxammad s.a.v.ning toza navnihol orzulari buladi. Yangi chiqqan oyga o‘xshab egik qaddi bilan Nisoriyning, Muhammad. s.a.v.ning hilol kabi qoshlariga moyilligi bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org