Hazel Keech




Hazel Keech (1987-yil 28-fevralda tugʻilgan), shuningdek, Rose Dawn ismi bilan tanilgan ingliz kino aktrisasi va modeli boʻlib, Hindiston teledasturlari va filmlarida paydo boʻlgan. U Billa va Bodyguard filmlarida, shuningdek, Suzuki reklamasida suratga tushgan. U 2013-yilda Bigg Boss 7 realiti koʻrsatuvida qatnashgan.

Yoshlik davri



Keech 1987-yil 28-fevralda Angliyaning Esseks shahrida tugʻilgan. Uning otasi britaniyalik onasi esa bixari millatiga mansub hind-mavrikiyalik hindu. U Londonning Redbrij shahridagi Beal oʻrta maktabida taʼlim oldi. U yerda sahna tadbirlarida ishtirok etgan va hind klassik raqsi, ingliz raqsi va gʻarbiy zamonaviy raqslarni oʻrgangan.

Faoliyati




Keech televideniye, kino va sahnada ishtirok etgan va Britaniyaning Agata Christie Marple dasturida raqsga tushgan. BBC hujjatli koʻrsatuvi Call The Shots uning hind filmlarida ishlashini aytgan. U 2002-yilda Londondagi promo-gastrol safari uchun Bollywoodning Bombay Dreams musiqiy guruhiga qoʻshiladi va keyingi yili West End musiqali Joseph va Amazing Technicolor Dreamcoat xorida kuylaydi. U Harry Potterningbir nechta filmlarda qoʻshimcha rol ijro etgan.

Big Boss 7



Hazel Keech 2013-yil sentyabr oyida Hindistonning mashhur Bigg Boss 7 telekoʻrsatuvida paydo boʻlgan, biroq bir hafta oʻtgach, u uyidan chiqqan birinchi ishtirokchiga aylanadi. Koʻrsatuvdan keyin bergan intervyusida u Pratyusha Banerjiga nisbatan gʻazabini bildirib: „U muammo yaratishni yaxshi koʻradi“ deydi.

Filmografiyasi




Shaxsiy hayoti



2015-yil 12-noyabrda Keech hindistonlik kriketchi Yuvraj Singh bilan unashtirilgan. Ular 2016-yil 30-noyabrda turmush qurishdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz