Hayvonlar shahri




Hayvonlar shahri 2016-yilda Walt Disney Pictures kinokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan buddy cop va komedik janrdagi Amerika 3D formatli kompyuter-animatsion filmidir. Kartina Walt Disney filmlarining ellik beshinchi toʻliq hajmli filmi hisoblanadi. Film rejissorlari Byron Howard va Rich Moore, ovoz berganlar sirasiga esa Ginnifer Goodwin, Jason Bateman, Idris Elba, Jenny Slate, Nate Torrence, Bonnie Hunt, Don Lake, Tommy Chong, J. K. Simmons, Octavia Spencer, Alan Tudyk va Shakira kirishadi.

Hayvonlar shahri filmining premyera sanasi Belgiyada 13-fevral 2016-yilda, AQShda esa 4-mart 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Kinoteatrlarda 2D, 3D, Disney Digital 3-D, RealD 3D va IMAX 3D formatlarida qoʻyildi. Film umumjahon boʻylab $1 milliard jamgʻardi va 2016-yilning toʻrtinchi eng kassabop film, dunyo miqyosida oʻttiz toʻrtinchi eng kassabop film, Walt Disney Pictures filmlari orasida esa daromadi $1 milliarda yetgan toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.

Ovoz berganlar




Davomi



2016-yil iyun oyida Howard va Moore Hayvonlar shahri animatsion filmining davomi haqida gapirishgan. Xuddi shu oyda, Hayvonlar shahri 2 uchun gʻoyalar haqida intervyuda Ginnifer Goodwin, keyinchalik Judy Hopps sifatida rolini bajarishni istaganini maʼlum qildi.

Eslatmalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz