Hayrulla Karimov




Xayrulla Karimov (ruscha: Каримов, Хайрулла Тошпулатович; 1978-yil 22-aprel, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi. Bugungi kunda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiylik qilmoqda.

Futbolchilik faoliyati



Klublardagi faoliyati



Karimov faoliyatini Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. 1996-yilda klub bilan Oʻzbekiston Oliy ligasida gʻolib chiqqan. 1996-yildan 2004-yilgacha „Navbahor“ safida toʻp surgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ klubiga oʻtgan va Ligada ikkinchi oʻrinni egallagan. Karimov „Bunyodkor“ga 2008-yilda koʻchib oʻtgan. Keyinchalik oʻzining jamoaviy oʻyinlari natijasida „Bunyodkor“ jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri boʻlgan va jamoa sardorligiga loyiq koʻrilgan. 2014-yil 7-mart kuni „Bunyodkor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi va bu kubokni ikki marta qoʻlga kiritgan dastlabki futbolchiga aylandi. 1999-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda faoliyatidagi dastlabki jamoasi boʻlgan Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshladi va ikkinchi davra boshida „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi. Toshkentlik jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Terma jamoadagi faoliyati



Karimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2006—2010-yillarda 16 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



2016-yil 3-avgustda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[6][7].

Xalqaro




2017-yil 1-aprelda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz