Hayotillo Isoqov




Hayotillo Isoqov (1952-yil 22-iyul, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Hayotillo Isoqov 1952-yil 22-iyulda Andijon shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan. 1969-yilda Andijon davlat pedagogika instituti kimyo va biologiya fakultetiga oʻqishga kirib, 1974-yilda ushbu institutni tamomlab, 1974—1981-yillarda kimyo kafedrasida katta laborant, oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1981—1984-yillarda Andijon paxta tozalash texnikumida kimyo fanidan oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1981-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutining aspiranturasiga oʻqishga kirib, uni 1985-yilda tamomlagan. 1986-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1986—1987-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo va oʻgʻitlar institutlarida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri boʻlib ishlagan. 1998—2007-yillarda Toshkent „Agrokimyo“ MChJ direktor oʻrinbosari, Chirchiq „Ximstim“ ITM direktori boʻlib ishlagan. 2013-yildan Andijon davlat universitetining kimyo kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, 2021-yildan professor boʻlib ishlamoqda.

Ilmiy faoliyati



2019-yil 3-oktyabrida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2020-yilda dotsent, 2022-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 43 ta ixtiro va patentlar, 10 dan ortiq kitoblar, jumladan, 1 ta darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar hamda ilmiy maqolalar muallifi. Olim hammuallifligidagi karbamid oʻgʻitini tovarlik sifatini yaxshilash boʻyicha qilingan ixtiro 1985-yildan buyon Chirchiq elektrokimyo zavodi va Fargʻona azot zavodida qoʻllanilib kelinmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz