Hayley Scamurra
Hayley Scamurra (talaffuzi: Xeyli Skamurra; 1994-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — ayol xokkeychi, hozirda NWHLning Buffalo Beauts jamoasida oʻynaydi. Northeastern Huskiesda toʻrt mavsum davomida oʻynab Beautsga qoʻshilgan
Hayley Washington Capitalsning sobiq futbolchisi Piter Scamurraning qizi. Kollejda xokkey oʻynashdan oldin Oakville Jr. Hornets va Burlington Jr. Barracudas jamoalarida oʻynagan, Ontario Junior ayollar ligasida qatnashgan bir nechta amerikalik oʻyinchilardan biri edi.
Faoliyati
Kollej xokkeyi
Scamurra toʻrt mavsumini Northeastern Huskiesarda hujumchi sifatida oʻynagan, jamoa 123 oʻyinda 111 ochko toʻpladi. Birinchi kurs mavsumida (2013—2014) Hockey East Pro Ambitions All-Rookiega hujumchi sifatida tanlandi.
Ikkinchi kurs mavsumida (2014—2015) bor-yoʻgʻi 19 ta bahsda oʻynaganiga qaramay, gollar soni boʻyicha jamoada uchinchi boʻldi.
2015—2016-yilgi mavsum uning uchun muvaffaqiyatli boʻldi, 43 ball toʻpladi. Yilning 50-goliga assistentlik qildi.
Oʻzining soʻnggi mavsumida (2016—2017) Scamurra 8 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi. WHEAning eng yaxshi hujumchisi deb topildi.
Professional xokkey
2017-yilning 10-martida „Beauts“ bilan shartnoma imzoladi. Connecticut Whalega qarshi mavsumning soʻnggi oʻyinida maydonga tushishdi. Oʻsha oʻyinning birinchi boʻlimidayoq gol urdi.
Isobel kubogi pley-off bosqichidagi asosiy jamoada Scamurra ikki oʻyinda 4 ochko (1 G, 3 A), shu jumladan chempionat oʻyinida assistentlik qildi. Buffalo Beauts Boston Prideni magʻlub etdi va 2016—2017 NWHL chempioni sifatida Isobel kubogini qoʻlga kiritdi.
2017—2018-yilgi NWHL mavsumida Scamurra Beautsda gollar va ochkolar boʻyicha yetakchi boʻlgan. Hayley yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi deb topildi va muxlislar tomonidan mavsumning uchta yulduzidan biri sifatida tan olindi. Beauts NWHL chempionatida Metropolitan Rivetersga yutqazishdi.
2018—2019 NWHL mavsumida Scamurra 20 ochko (10 gol, 10 assist) bilan ligada yetakchilik qildi. Beauts ketma-ket uchinchi mavsum NWHL finaliga chiqdi, ammo qoʻshimcha vaqtda Minnesota Whitecapsga yutqazdi.
Xalqaro xokkey
2019-yil 25-yanvarda Scamurra 2019-yil 12-17-fevral kunlari London va Toronto, Ontario va Detroitda Kanada jamoasiga qarshi 2019-yilgi raqobat seriyasi uchun AQSh ayollar terma jamoasi roʻyxatiga kiritildi.
2022-yil 2-yanvarda Scamurra 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun AQSh terma jamoasi roʻyxatiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Izoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik, PPG=Pover-pley goll, SHG=qisqa gol, GWG=gʻalaba keltiruvchi gol
NCAA — Northeast
.
NWHL — Buffalo Beauts
Xalqaro — AQSh
Mukofot va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org