Haykal Muhammad Husayn




Muhammad Husayn Haykal (1888. 10.8, Kafrgannam — 1956.8.12, Qohira) — arab yozuvchisi, adabiyotshunos va davlat arbobi (Misr). Qohira huquqshunoslik bilim yurtini tugatgan (1909). Fransiyada siyosiy iqtisod va huquq fanlarini oʻrgangan (1909—12). Konsti-tutsionliberalistlar partiyasi muas-sisi — "Siyosat" jur.ni boshqargan (1922—33). 1943—52-yillarda shu parti-yaning raisi. Maorif vaziri (1937— 44), davlat vaziri va senat raisi (1945-50). Dastlabki "Zaynab" (1914) romani bilan misr nasri rivojida yangi bosqichni boshlab bergan. "Muhammadning hayoti" (1929), "Misr siyosati haqida xotiralar" (1—2j., 1951—53), "U shunday yaratilgan" (1955) kabi asarlarida mamlakat tarixi, adabiyotning taraqqiyoti, siyosiy hayot va boshqa mavzularga murojaat qilgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz