Hayitmurod Farmonov




Hayitmurod Farmonov sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Biografiyasi



Hayitmurod Farmonov 1933-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Iqtisodchi KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi bo‘lgan.

Farmonov 1950-yildan 1993-yilgacha hududdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, u mehnat faoliyatini dehqonlikdan boshlagan. Keyinchalik, agronom, Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jalik sohasida ishlab chiqarish tashkilotchisi, Qashqadaryo viloyati Ulyanovsk tumanidagi „Qashqadaryo“ sovxoz direktori, Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Usmon Yusupov nomidagi sovxoz-texnika bilim yurti direktori vazifalarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Kompartiyasi Nishon tuman qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ham ishlagan.

Farmonov O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriqida deputat etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Hayitmurod Farmonov Oʻzbekistonda istiqomat qilgan.

Mukofotlari va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz