Hayit namozi
'Hayit namozi
(arab. صلاة العيد, salat al-'id — hayit namozi) ― musulmonlar tomonidan idain nomi bilan mashhur boʻlgan Qurbon hayiti va Ramazon hayiti bayramlarida oʻqiladigan namozdir. Hayit namozi oʻqiladigan ikki islom bayrami:
Mazhabga qarab, musulmonlar uchun namoz oʻqish mustahab yoki farz boʻlishi mumkin. Hanafiy mazhabi ulamolari hayit namozini vojib (majbur) deydi. Molikiy va Shofeiy mazhablarida hayit namozlari sunnati muakkada, hanbaliylarda esa farzdir.
Hayit namozlarining boshlanish vaqti quyosh chiqqandan 30 daqiqa oʻtib keladi. Bu zuho namozi boshlanish vaqti. Hayit namozining muddati peshin kirishi bilan chiqadi.
Manbalar
Tushuntirishlar
Hanafiy mazhabida vojib shunday zaruriy amal boʻlib, uning farzligini inkor etish insonni Islomdan chiqarmaydi. Boshqa uchta sunniy mazhabda farz va vojib tushunchalari farq qilmaydi.
Havolalar
uz.wikipedia.org