Hayden Coulson




Hayden Ross Coulson (talaffuzi: Gayden Ross Koulson) (1998-yil 17-iyunda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Hayden Coulson „Aberdeen“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Middlesbrough



Hayden Coulson „Middlesbrough“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Coulson 2016-yilning 1-iyulida „Middlesbrough“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan.

St Mirren (ijara)
2018-yilning 9-iyulida Coulson Shotlandiya Premyer ligasi vakili „St Mirren“ futbol klubi jamoasiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan. Hayden Coulson 2018-yilning 28-iyulida „Dumbarton“ futbol klubiga qarshi boʻlib oʻtgan uchrashuvda (6:0) oʻzining klub safidagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻlgan. Coulson 2018-yilning 17-oktyabr kuni (uning ijara muddati qisqartirilganidan soʻng) „Middlesbrough“ futbol klubi safiga qaytgan.

Cambridge United (ijara)
2019-yilning 31-yanvarida Hayden Coulson mavsum oxirigacha ijara asosida Ikkinchi liga vakili „Cambridge United“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

Middlesbrough safiga qaytish
"Cambridge United" futbol klubidagi ijarasidan qaytganidan soʻng, Coulson 2019—2020-yilgi mavsum uchun „Middlesbrough“ futbol klubi tarkibiga kirgan. Hayden Coulson mavsumning birinchi kunida „Luton Town“ futbol klubi bilan 3:3 hisobida durang oʻyinda maydonga tushgan. 2020-yilning 1-fevralida Hayden Coulson oʻz faoliyatidagi birinchi liga golini „Blackburn Rovers“ futbol klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan.

Ipswich Town (ijara)
Hayden Coulson 2021-yil 9-avgustda Birinchi liga vakili „Ipswich Town“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. Biroq, 2022-yilning 31-yanvarida Coulson „Middlesbrough“ futbol klubi safiga chaqirib olingan.

Peterborough United (ijara)
"Ipswich Town" futbol klubidan chaqirib olinganidan soʻng, Coulson 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida chempionat vakili „Peterborough United“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan.

Aberdeen (ijara)
2022-yilning 26-iyulida Coulson Shotlandiya Premyer ligasi vakili „Aberdeen“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Coulson Angliya terma jamoasini turli yosh darajalarida (16,17,18 yosh) himoya qilgan. Coulson 2016-yilda Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi



2022-yil 26-fevral holatiga ko'ra;

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz