Haydash




Distillash (lotincha: disstillatio — tomchilab oqish), distillanish, haydash — suyukliklarni buglatib, sof komponentlarga yoki har xil tarkibli fraksiyalarga ajratish, tozalash. Buning uchun komponentlarga ajratiladigan suyuklik qizdiriladi va undan ajralib chiqayotgan bugʻ kondensat lanadi. Tarkibi va qaynash temperaturalari oʻzgarmasdan haydaladigan eritmalarni D. usuli (azeotrop distillanish) ham bor. Metallurgiyada rudalar yoki ularning konsentratlaridan rangli metallarni avval bugʻlantirib (yuqori temperaturada qaytarib), keyin kondensatlab ajratib olish ham D. deyiladi. D. neftni fraksiyalarga ajratish, spirtni tozalash, yogʻni eritmadan ajratib olishda va b. sohalarda keng qoʻllaniladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz