Haydarov Nodir
Xaydarov Nodir Qodirovich (aksariyat nufuzli manbalarda:
Haydarov Nodir Qodirovich ; 1987-yil 24-avgust, Buxoro, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek nevrologi, stomatologi, dotsenti va tibbiyot fanlari doktori. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati (2019-yildan) va Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori (2020-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi.
Biografiyasi
N. Q. Xaydarov 2003—2010-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olgan.
2018-yildan Toshkent davlat stomatologiya institutida „Nevrologiya“ kafedrasi mudiri, Bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019—yilda xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan
2020-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor lavozimiga tayinlangan.
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org