Haydarov Eshmat




Haydarov Eshmat (1897, Qoʻqon - ?) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1944). Kuchli va jozibali ovoz sohibi. 12 yoshidan katta ashula yoʻllarini Hamroqulqorivyan oʻrgangan. Keyinchalik Qoʻqon, Fargʻona, Toshkent toʻysayillarida qatnashgan. 1927-yildan Toshkentda. Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1936—45), Oʻzbek radiosi (1946-yildan), Oʻzbek davlat estradasi (1947—53) da yakkaxon xonanda. Repertuaridan Fargʻona —Toshkent maqom yoʻllari, katta ashula, ashula va ayrim yal-lalar oʻrin olgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz