Хайдаров, Азиз Саидрахимович




Azizbek Saidrahimovich Haydarov (1985-yilning 8-iyulida tugʻilgan) — Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Bunyodkor jamoasi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati



Futbol faoliyatida birinchi klub jamoasi Lokomotiv Toshkent. Ushbu jamoada Azizbek Haydarov 2005-2007 yillarda oʻynab kelgan.

Klub



Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boshlagan. 2007—2011-yillar va 2018-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilning 26-iyulida u BAAning Al-Shabab klubi bilan shartnoma imzoladi va 2017-yilgi mavsumgacha BAA jamoasida o'ynagan. 2017—2018-yillarda BAAning boshqa bir jamoasi "Ajman" klubida to'p surgan.

2019-yilgi mavsumda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yarim mavsumdan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati



U Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida oʻynagan va uning sardori boʻlgan.

U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. U Osiyo Kubogining uchta final turnirida qatnashgan — 2007-yilda (uchta oʻyinda ishtirok etgan), 2011-yilda (oʻz jamoasining barcha oltita oʻyinida maydonga tushib, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yilda (toʻrtta oʻyinda ham ishtirok etgan).

Haydarov 2007-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta oʻyinda maydonga tushdi (2015-yil 31-mart holatiga koʻra), shu jumladan, 2010-yyilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichidagi 6 ta oʻyinda.

U 2007-yilda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Haydarov Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2011-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Quvaytga qarshi oʻyinda gol urgan. Gol baʼzan Maksim Shatskix hisobiga yoziladi, uning jarima zarbasini Haydarov 2:1 hisobida gʻalaba qozonish uchun Quvayt darvozasiga yoʻlladi.

Futboldan keyingi faoliyati



2019-yildan 2021-yilgacha O'FA terma jamoalar markazi boshlig'i sifatida faoliyat olib bordi. 2022-yilgi mavsumda "Bunyodkor" klubi akademiyasi bosh direktori sifatida tayinlandi.

Terma jamoa uchun gollar



Xalqaro gollar



Olingan ballar va natijalar birinchi navbatda Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz