Haydarbek Abdujabborov
Haydarbek Abdujabborov (ruscha: Айдарбек Абдуджабаров; 1898-yil, Jizzax — 1938-yil 8-oktyabr, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, tarjimoni. Sovet repressiyasi qurboni. Qizil Bayroq ordeni sohibi (1923-yil).
Biografiyasi
1898-yili Jizzax okrugi boshqarmasida tarjimoni oilasida tavallud topgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagan (1911-yil, Samarqand). 1914-yilgacha Samarqanddagi 4 yillik shahar maktabida tahsil olgan. 1919-yil KPSS (baʼzi manbalarda 1917-yil, may oyi koʻrsatilgan) aʼzosi. 1938-yil 8-oktyabr sanasida otuvga hukm qilingan. 1957-yil 1-avgustda SSSR Oliy Sudi tomonidan oqlangan.
Faoliyati
Manbalar
uz.wikipedia.org