Haydar sannovchi




Haydar Boycha oʻgʻli , Haydar sannovchi (1882 — Yangiqoʻrgʻon tumani Gʻovzon qishlogʻi — 1970) — oʻzbek xalq baxshisi, ertakchi. Amaki-vachchasi Choʻliboy Koʻshal oʻgʻliga shogird tushgan. H.B.oʻ.dan "Qunduz bilan Yulduz", "Alpomish", "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Goʻroʻglining Avazni olib kelishi", "Avazning arazi", "Yusuf va Ahmad" kabi dostonlar, koʻpgina xalq ertaklari va termalar yozib olingan. "Buzoq, echki va qoʻzi", "Echkining oʻch olishi", "Tulki bilan tovus", "Hiylakor bedana", "Och boʻri", "Tulki bilan boʻri", "Ilon pari" kabi ertaklari "Oʻzbek xalq er-taklari" toʻplamida nashr etilgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz