Haydar Abdulrazzoq
Haydar Abdulrazzoq Hassan (arabcha: حيدر عبد الرزاق حسن) Iroq terma jamoasi xalqaro miqyosdagi futbolchisi.
Karyerasi
Haydar Abdulrazzoq himoyada istalgan joyda oʻynashga qodir iqtidorli koʻp qirrali futbolchi. U futbolchilik faoliyatini 1995-yilda yoshlar jamoasi, darvozabon sifatida oʻynagan. 1996-yilda murabbiy Nazar Ashraf tomonidan Al-Talaba jamoasining birinchi jamoasiga olib kelingan beshta futbolchidan biri edi. Ikki yildan soʻng Adnan Hamad tomonidan U-17 Iroq terma jamoasiga chaqirildi. U-19 jamoasida ham oʻynagan. Eron Olimpiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynadi.
2011-yilning birinchi yarmini Oʻzbekistonning „Andijon“ jamoasida oʻtkazdi va shu tariqa Oʻzbekiston chempionatida Iroqdan kelgan ilk legionerga aylandi. Futbolchi „Andijon“ tarkibida atigi 3 ta oʻyin oʻtkazdi va oʻsha yilning oʻrtalarida Iroqqa, Bagʻdodning „Al-Talaba“ klubiga qaytdi. 2012—2014-yillarda Sulaymoniya jamoasida oʻynagan.
Vafoti
Haydar 2022-yil 5-iyun kuni Bagʻdodda nomaʼlum shaxslar tomonidan qilingan suiqasddan keyin vafot etdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org