Hayda Gvay




Hayda Gvay (haydacha: X̱aayda gwaay), (avvalgi nomi Qirolicha sharlotta orollari , inglizcha: Queen Charlotte Islands) — Tinch okeandagi arxipelag, Shimoliy Amerika (Kanada, Britaniya Kolumbiyas) qirgʻoqlari yaqinida. Maydoni 10,3 ming km. Yirik orollari: Greyam va Morsbi. Gʻarbiy qirgʻoqlari togʻli, ford koʻp, eng baland joyi 1250 m. Shim.-sharqi keng pasttekislik. Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Toshkoʻmir konlari bor. Yogʻoch tayyorlanadi, baliq ovlanadi. Orollarga ilk bor 1774-yilda X.Peres boshchiligidagi ispan ekspeditsiyasi borgan va xaritaga tushirgan, J.Vankuver tomonidan ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz