Hayat Şarkısı film
Hayat Şarkısı 2016—2017-yillar oraligʻida Kanal D telekanalida namoyish etilgan drama, romantik va oilaviy turk serialidir. Bosh rollarda; Burcu Biricik, Birkan Sokullu va Ahmet Mümtaz Taylan tomonidan oʻynalgan. Serial „Flames of Desire“ („Olov alangalar“) filmining turkcha ishlangan filmidir. 2 fasldan iborat serial 57 qism bilan yakunlandi.
Mazmuni
Mudanya yaqinidagi „Ishiklar“ qishlogʻida tugʻilib oʻsgan Bayram va uning ulgʻaygan chogʻida yagona doʻsti boʻlgan Solih oʻrtasidagi kelishmovchilikni hal qilish uchun farzandlari Melek va Kerimni yoshligida unashtirdilar va ular shu yerda yashashni davom ettiradalar. Bolalar ulgʻayguncha va nikoh yoshiga yetgunga qadar turli shaharlarda yashashni davom ettiradilar.
Ikki farzandning otasi boʻlgan Bayram oilasi bilan oʻzi qoʻnim topgan Istanbulda biznesini rivojlantirib, katta boylikka ega boʻlsa-da, vaʼdasini unutmaydi. Universitetni bitirgan kuni kichik oʻgʻli Kerimni oʻzi bilan olib, Xulya va Melek ismli ikki qizi bilan „Ishiklar“ qishlogʻida yashovchi Solihning eshigini taqillatadi. Solih ham oʻz vaʼdasiga sodiq qoladi va Bayram kelishi bilan bolalarning toʻy tayyorgarligini boshlab yuborishadi. Vaholanki, har ikki oilaning farzandlari oʻtgan yillar davomida oʻz hayotlarini qurib, turli muhabbat va maqsadlar sari ketayotgan edilar. Garchi yoshlar bu majburiy nikoh haqida oʻzaro qaror qabul qilib, topgan yechimlar bilan xotirjam boʻlsalarda; Xulyaning hech kim xayoliga keltirmagan rejalari allaqachon kuchga kirdi.
Aktyorlar va qahramonlar
Flashback va Gallyutsinatsiya qahramonlari
Zaxiralangan belgilar
Efir kalendari
Manbalar
uz.wikipedia.org