Havoning ifloslanishi




Havoning ifloslanishi  — atmosferada odamlar va boshqa tirik mavjudotlar sogʻligʻiga hamda iqlimga zarar yetkazuvchi moddalarning mavjudligi sababli kelib chiqqan ifloslanish. Gazlar (shu jumladan ammiak, karbon monoksit, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, metan, karbonat angidrid va xlorftorokarbonlar, qattiq zarralar (organik va anorganik) va biologik molekulalar kabi havoni ifloslantiruvchi moddalarning har xil turlari mavjud. Havoning ifloslanishi odamlarni kasalliklarga yoʻliqtirishi, ularda allergiyalarni paydo qilishi va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin; u hayvonlar va oziq-ovqat ekinlari kabi boshqa tirik organizmlarga hamda tabiiy muhitga (masalan, iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi yoki yashash muhitining buzilishi) yoki atrof-muhitga (masalan, kislotali yomg'ir orqali) zarar yetkazishi mumkin. Atmosferaning ifloslanishiga inson faoliyati ham, tabiat hodisalari ham sabab boʻla oladi.

Havoning ifloslanishi nafas olish yoʻllari infeksiyalari, yurak kasalliklari, KOAH, insult va oʻpka saratoni kabi ifloslanish bilan bogʻliq bir qator kasalliklar uchun muhim xavf omilidir. Mavjud muammo borasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, havo ifloslanishi IQ koʻrsatkichlarining pasayishi, idrokning buzilishi, ruhiy tushkunlik va perinatal salomatlikka zarar yetkazish kabi psixiatrik kasalliklar xavfining oshishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Havoning yomon sifati inson salomatligiga taʼsiri juda keng boʻlib, asosan tananing nafas olish tizimi va yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi.

Faqat qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan tashqi havo ifloslanishi har yili 3,61 million kishining oʻlimiga sabab boʻladi, bu antropogen ozon va PM bilan birga (2,1 million) inson oʻlimiga eng koʻp hissa qoʻshuvchilardan biriga aylangan. Havoning sifati odatda havodagi PM2,5 zarralari konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi, bu odatda diametri 2,5 mikrometr yoki undan kichik boʻlgan, nafas bilan yutiladigan mayda zarralarni tavsiflaydi. JSST standart meʼyori — 10 mkg/m3 ni tashkil qiladi.

Umuman olganda, har yili dunyo boʻylab 7 mln kishi havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi yoki oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining qisqarishiga (2,9 yil) sabab boʻladi va bu kamida 2015-yildan buyon sezilarli progressga erishmagan dunyodagi eng katta ekologik xavf hisoblanadi. Ichki havoning ifloslanishi va shahar havosining yomon sifati dunyodagi eng zaharli ifloslanish muammolaridan ikkitasi sifatida Blacksmith Instituti tomonidan 2008-yildagi dunyoning eng ifloslangan joylari hisobotida qayd etilgan. Atmosfera ifloslanishi inqirozining koʻlami juda katta: dunyo aholisining 90 foizi maʼlum darajada toza boʻlmagan havodan nafas oladi. Sogʻliq uchun yomon oqibatlari keng boʻlsa-da, muammoni hal qilish usuli asosan tasodifiy yoki eʼtibordan chetda qolgan.

Havoning ifloslanishi natijasida hosildorlikning yoʻqolishi va hayot sifatining yomonlashishi jahon iqtisodiyotiga yiliga 5 trillion dollarga tushadi. Havo siatining yomonlashuvini kamaytirish uchun ifloslanishlarni turli xil nazorat qilish texnologiyalari va strategiyalari mavjud. Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlarini cheklash uchun bir qancha xalqaro va milliy qonunchilik hamda meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mahalliy qoidalar toʻgʻri bajarilganda, sog'liqni saqlash sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan. Ushbu saʼy-harakatlarning baʼzilari jumladan, ozonosferani buzuvchi zararli kimyoviy moddalarning chiqarilishini ozaytiradigan Monreal protokoli va oltingugurt emissiyasini kamaytiradigan 1985-yildagi Helsinki protokoli xalqaro darajada muvaffaqiyatli boʻlib, iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro harakatlar bundan mustasno.

Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar



Antropogen (inson tomonidan yaratilgan) omillar




Bular asosan yoqilgʻining yonishi bilan bogʻliq.

Yonishdan tashqari jarayonlarning boshqa omillar ham mavjud:

Tabiiy omillar




Emissiya omillari




Atmosferani ifloslantiruvchi emissiya omillari — bu atrof-muhit havosiga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini ushbu ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi bilan bogʻliq faoliyat orqali bogʻlashni maqsad qilgan reprezentativ qiymatlar. Ifloslovchining ogʻirligi, ifloslantiruvchi moddalarni hosil qiluvchi faoliyatning birlik ogʻirligiga, hajmiga, masofasiga yoki vaqtiga qarab boʻlinadi. Ushbu mezonlar turli xil ifloslanish omillaridan hosil boʻluvchi chiqindilarni baholashni osonlashtiradi.

Turg'un organik ifloslantiruvchi moddalar roʻyxatida 12 ta birikma mavjuddir. Dioksinlar va furanlar ulardan ikkitasi boʻlib, plastiklarning ochiq yonishi kabi organik moddalarning yoqilishi natijasida maqsadli yaratiladi. Bu birikmalar ham endokrin buzuvchidir va inson genlarini mutatsiyaga olib kelishi mumkin.

Qo'shma Shtatlar atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi sanoat omillarining keng doirasi uchun havoni ifloslantiruvchi moddalar emissiyasi omillari toʻplamini nashr etgan.

Ifloslantiruvchilar




Havoni ifloslantiruvchi moddalar inson va ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan havodagi materialdir. Modda qattiq zarralar, suyuq tomchilar yoki gazlardan iborat boʻladi. Ifloslantiruvchi tabiiy kelib chiqishi yoki texnogen boʻlishi mumkin. Ifloslantiruvchi moddalar birlamchi va ikkilamchi deb tasniflanadi. Birlamchi ifloslantiruvchi moddalar odatda vulqon otilishi natijasida hosil boʻluvchi kul kabi jarayonlar natijasida hosil boʻladi. Boshqa misollar orasida avtoulov chiqindisidan chiqadigan uglerod oksidi yoki fabrikalardan chiquvchioltingugurt dioksidi kiradi. Ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalar toʻgʻridan-toʻgʻri hosil boʻlmaydi. Aksincha, ular asosiy ifloslantiruvchi moddalar reaksiyaga kirishganda yoki havoda oʻzaro taʼsirlashganda hosil boʻladi. Troposferik ozon ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarning yorqin namunasidir. Baʼzi ifloslantiruvchi moddalar ham birlamchi, ham ikkilamchi boʻlishi mumkin.

Inson faoliyati natijasida atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi:

Ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi:

Kichik havo ifloslantiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi:

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar kimyoviy, biologik yoki fotolitik jarayonlar tufayli atrof-muhitning buzilishiga chidamli organik birikmalardir. Natijada, ular atrof-muhitda omon qolishi, uzoq masofaga yoyilishi, inson va hayvonlar toʻqimalarida biotoʻplanishi, oziq-ovqat zanjirlarida biomagnitsiyalanishi va inson salomatligi va ekotizimiga katta xavf tugʻdirishi aniqlangan.

Ichki havo sifati




Odamlar asosiy vaqtlarining koʻp qismini oʻtkazuvchi binolarda ventilyatsiya yetishmasligi havoning ifloslanishiga sabab boʻladi. Radon (Rn) gazi, kanserogen boʻlib, maʼlum joylarda Yerdan ajralib chiqadi va uylar ichiga joylashadi. Qurilish materiallari, shu jumladan gilam va faner formaldegid (HCO) gazini chiqaradi. Boʻyoq va erituvchilar quriganida uchuvchi organik birikmalarni (VOC) hosil qiladi. Qoʻrgʻoshin boʻyogʻi changga aylanishi va odamlar undan nafas olishi mumkin. Havoni qasddan ifloslantirish xushboʻy havo purkagichlari, tutatqilari va boshqa xushboʻy narsalardan foydalanish bilan kiritiladi. Oshxona pechlari va kaminlarni nazoratli yoqish natijasida havoga, ichkariga va tashqariga sezilarli miqdorda zararli tutun zarralarini chiqarish mumkin. Ichkarining ifloslanish xavflariga pestitsidlar va boshqa kimyoviy purkagichlarni toʻgʻri ventilyatsiya qilinmagan holda ishlatish sabab boʻlishi mumkin.

Uglerod oksidi bilan zaharlanish va oʻlim holatlari koʻpincha shamollatish teshiklarining notoʻgʻriligi yoki yopiq joylarda koʻmirni yoqish natijasida yuzaga keladi. Surunkali uglerod oksidi bilan zaharlanish hatto notoʻgʻri sozlangan chiroqlardan ham kelib chiqishi mumkin.

Asbestdan foydalanish koʻpgina mamlakatlarda taqiqlangan boʻlsa-da, oʻtmishda sanoat va maishiy muhitda uni katta miqdorlarda ishlatish koʻplab joylarda potentsial oʻta xavfli materiallarni qoldirgan. Asbestoz — oʻpka toʻqimalariga taʼsir qiluvchi surunkali yalligʻlanishli tibbiy kasallikdir. Asbestoz bilan ogʻrigan bemorlarda ogʻir nafas qisilishi mavjud boʻlib, oʻpka saratonining bir nechta turlari bilan bogʻliq xavf yuqoridir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, asbestoz, oʻpka saratoni va peritoneal mezotelioma sifatida aniqlanishi mumkin.

Atmosfera ifloslanishining biologik manbalari, shuningdek, gazlar va havodagi zarrachalar kabi binolarda ham topilgan. Biologik manbalarga uy hayvonlaridan ajraluvchi teri poʻstloq qatlami, odamlarning teri parchalari va sochlardan tushuvchi qillar, choyshablar, gilamlar va mebellardagi chang fermentlar va mikrometr oʻlchamdagi najas axlatlaridan paydo boʻluvchi metan, devorlardagi mikotoksinlar va sporalarni hosil qiluvchi mog'or, shuningdek, chang va mogʻor hosil qiluvchi uy oʻsimliklari, tuproq va uning atrofidagi bogʻlardagi gulchanglar kiradi.

Sogʻlikka taʼsiri



Amerika Qoʻshma Shtatlari regulyatorlari tomonidan xavfsiz deb hisoblanganidan havo ifloslanishining uchta komponenti boʻlmish mayda zarrachalar, azot dioksidi va ozonning taʼsiri yurak va nafas olish kasalliklari bilan bogʻliq. 2020-yilda ifloslanish (shu jumladan havoning ifloslanishi) Yevropada har sakkizinchi oʻlimning sababi boʻlgan va ifloslanish bilan bog'liq kasalliklar, shu jumladan yurak kasalliklari, insult va o'pka saratoni uchun muhim xavfli omil edi. Havoning ifloslanishi natijasida kelib chiqadigan sogʻliqqa taʼsiri nafas olish, xirillash, yoʻtal, astma va mavjud nafas olish va yurak kasalliklarining yomonlashishini oʻz ichiga olishi mumkin. Ushbu taʼsirlar dori vositalaridan foydalanishning koʻpayishiga, shifokor yoki tez yordam boʻlimiga tashrif buyurishning va kasalxonadagi bemorlarning koʻpayishiga hamda erta oʻlimga olib kelishi mumkin. Havoning yomon sifati inson salomatligiga taʼsiri katta boʻlib, asosan tananing nafas olish tizimi va yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi. Atmosfera ifloslanishining eng keng tarqalgan manbalariga zarrachalar, ozon, azot dioksidi va oltingugurt dioksidi kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi besh yoshgacha boʻlgan bolalar ichki va tashqi havoning ifloslanishi bilan bogʻliq jami oʻlimlar boʻyicha eng zaif aholi hisoblanadi.

Oʻlim




Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2014-yilgi hisob-kitoblariga koʻra, har yili havoning ifloslanishi dunyo boʻylab 7 millionga yaqin odamning bevaqt oʻlimiga sabab boʻlgan. 2019-yil mart oyida chop etilgan tadqiqotlar bu raqam 8,8 million atrofida boʻlishi mumkinligini koʻrsatgan. 2022-yilgi tahlil havoning ifloslanishi 2019-yilda 6,67 (5,90-7,49) million erta oʻlimga sabab boʻlgan degan xulosaga keldi. Oʻlim sabablari orasida qon tomirlari, yurak kasalliklari, oʻpka saratoni va oʻpka infektsiyalari mavjud.

Shahar havosining ifloslanishi har yili dunyo boʻylab 1,3 million kishining oʻlimiga sabab boʻladi. Ayniqsa, bolalar nafas olish organlari tizimining yetilmaganligi tufayli xavf ostidadir. 2015-yilda tashqi havoning, asosan, PM bilan ifloslanishi, dunyo boʻylab Osiyoda yiliga 3,3 (95 % CI 1,61-4,81) million erta oʻlimga olib kelishi taxmin qilingan. 2021-yilda JSST tashqi havoning ifloslanishi 2016-yilda dunyo boʻylab 4,2 million erta oʻlimga sabab boʻlishi taxmin qilinganini maʼlum qilgan. 2020-yilgi tadqiqot shuni koʻrsatadiki, 2015-yilda havo ifloslanishidan umr koʻrish davomiyligining qisqarishi 2,9 yilni tashkil etgan, bu toʻgʻridan-toʻgʻri zoʻravonlikning barcha shakllaridan 0,3 yildan sezilarli darajada koʻproq ekanligini koʻrsatadi.

2022-yilda GeoHealthda chop etilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Qoʻshma Shtatlarda energiya bilan bogʻliq qazib olinadigan yoqilgʻi chiqindilarini yoʻq qilish har yili 46,900-59,400 erta oʻlimning oldini oladi va PM2.5 bilan bogʻliq kasalliklar va oʻlimning oldini olish uchun 537-678 milliard dollar foyda keltiradi.

Mintaqa boʻyicha
Hindiston va Xitoyda havoning ifloslanishidan kelib chiqadigan oʻlim darajasi eng yuqori sanaladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Hindistonda astmadan vafot etganlar soni nisbatan koʻproq. 2013-yil dekabr oyidagi tadqiqotlarga koʻra, Xitoyda havoning ifloslanishi har yili 500 000 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.

Har yili Yevropada havoning ifloslanishi oqibatida erta oʻlim holatlari 430 000 dan 800 000 gacha baholanmoqda. Ushbu oʻlimning muhim sababi yoʻl transporti tomonidan azot dioksidi va azot oksidining (NOx) havoga chiqarilishidir. 2015-yilgi maslahat hujjatida Buyuk Britaniya hukumati azot dioksidi Buyuk Britaniyada yiliga 23,500 erta oʻlimga sabab boʻlishini oshkor qilgan. Yevropa Ittifoqi boʻylab havoning ifloslanishi umr koʻrish davomiyligini deyarli toʻqqiz oyga qisqartirishi mumkinligini taxmin qilinmoqda.

Asosiy sabablar

Havoning ifloslanishiga eng katta sabab qazib olinadigan yoqilgʻining yonishi natijasida hosil boʻladi (asosan avtomobillarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isitish). Greenpeace tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, dunyo boʻylab har yili 4,5 million erta oʻlim yuqori emissiyali elektr stantsiyalari va avtomobil chiqindilari chiqaradigan ifloslantiruvchi moddalar tufayli sodir boʻladi.

Birlamchi mexanizmlar
JSST hisob-kitoblariga koʻra, 2016-yilda tashqi havoning ifloslanishi bilan bogʻliq erta oʻlimlarning 58 foizi yurak kasalligi va insult tufayli sodir boʻlgan. Havoning ifloslanishini yurak-qon tomir oʻlimining ortishi bilan bogʻlaydigan mexanizmlar noaniq, ammo ehtimol ila oʻpka va tizimli yalligʻlanishni oʻz ichiga oladi.

Bugungi kundagi yillik oʻlimlar
Buyuk Britaniya va AQSh universitetlari olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot qazib olinadigan yoqilgʻining yonishi natijasida hosil boʻlgan havo ifloslanishi bilan bogʻliq oʻlim soni 2021-yilda 10,4 million, 2012-yilda 8,7 million va 2018-yilda 5 million boʻlib, oldingi hisob-kitoblarga qaraganda ancha yuqori degan xulosaga kelgan. JSST maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab har 8 oʻlimdan 1 tasi havoning ifloslanishi tufayli yuzaga keladi.

Yurak-qon tomir kasalligi



2007-yildagi dalillarni koʻrib chiqish shuni koʻrsatdiki, atrof-muhit havosining ifloslanishi yurak-qon tomir kasalliklari tufayli oʻlimning ortishi bilan bogʻliq boʻlgan xavf omilidir.

Havoning ifloslanishi, ifloslantiruvchi moddalar darajasi eng yuqori boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlarda insult uchun xavf omili sifatida paydo boʻlgan. 2007-yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ayollarda havo ifloslanishi gemorragik emas, balki ishemik insult bilan bogʻliq.

Oʻpka kasalligi



Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, astma va surunkali obstruktiv o'pka kasalligi (KOAH) rivojlanish xavfining ortishi transport bilan bogʻliq havo ifloslanishiga taʼsir qiladi. KOAH surunkali bronxit va amfizem kabi kasalliklarni oʻz ichiga oladi. Havoning ifloslanishidan kelib chiqqan oʻpka kasalliklari xavfi quyidagi odamlar guruhlari uchun eng yuqori sanaladi: chaqaloqlar va yosh bolalar, ularning normal nafas olishi kattaroq bolalar va kattalarnikiga qaraganda tezroq; qariyalar; tashqarida ishlaydigan yoki koʻp vaqtini tashqarida oʻtkazadiganlar; va yurak hamda oʻpka kasalligiga chalinganlar.

Saraton (oʻpka saratoni)




2007-yilda atrof-muhit havosining ifloslanishi saraton kasalligi uchun xavf omili ekanligi haqidagi dalillarni koʻrib chiqish PM2.5 (nozik zarrachalar) ning uzoq muddatli taʼsir qilishi tasodifiy boʻlmagan oʻlimning umumiy xavfini har yili 6 % ga oshiradi degan xulosaga kelish uchun aniq maʼlumotlarni topgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, tirbandlikka yaqin joyda yashash oʻpka saratoni, yurak-qon tomir kasalliklari ushbu natijaning yuqori xavfi bilan bogʻliq.

Buyrak kasalligi



2021-yilda 2001-2016-yillar davomida 163 197 nafar Tayvan aholisini oʻrganish natijasida PM2.5 kontsentratsiyasining har 5 mkg /m ga kamayishi surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini 25 foizga kamaytirishi bilan bogʻliqligini taxmin qildi. 10 997 aterosklerozli bemorlar ishtirok etgan akkord tadqiqotiga koʻra, yuqori PM 2,5 taʼsiri albuminuriyaning kuchayishi bilan bogʻliq.

Markaziy asab tizimi



Havoning ifloslanishi markaziy asab tizimiga ham taʼsir qilishi haqida maʼlumotlar toʻplanib bormoqda.

Havoning ifloslanishi 50 yoshdan oshgan odamlarda demans xavfini oshiradi. Ichki havoning ifloslanishi bolalalarda kognitiv funktsiya va neyrorivojlanishga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Prenatal taʼsir neyrorivojlanishga ham taʼsir qilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, havoning ifloslanishi turli xil rivojlanish nuqsonlari, oksidlovchi stress va neyro-yallig'lanish bilan bogʻliq va u Altsgeymer kasalligi va Parkinson kasalligiga olib keladi.

Sichqonlarni oʻrganishda havo ifloslanishi urgʻochilarga qaraganda erkaklarga koʻproq salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Bolalar



Hindistonning Nyu-Dehli kabi shaharlarida bolalar salomatligini taʼminlash boʻyicha himoya choralari koʻrilmoqda, bu yerda avtobuslar smogni yoʻqotish uchun siqilgan tabiiy gazdan foydalanadi. Yaqinda Yevropada oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, oʻta nozik zarrachalarning taʼsiri bolalarda qon bosimini oshirishi mumkin. JSSTning 2018-yilgi hisobotiga koʻra, ifloslangan havo 15 yoshgacha boʻlgan millionlab bolalarning zaharlanishiga olib kelgan va bu har yili olti yuz mingga yaqin bolalarning hayotiga zomin boʻladi.

Chaqaloqlar
Atrof-muhitning ifloslanish darajasi muddatidan oldin va kam vazn bilan tugʻilish asoratlari bilan bogʻliq. 2014-yilda JSST tomonidan onalar va perinatal salomatlik boʻyicha butun dunyo boʻylab oʻtkazilgan soʻrovda kam vaznli tugʻilishning va PM taʼsirining ortishi oʻrtasida statistik jihatdan muhim bogʻliqlik aniqlangan. Xavfning ona va bolaga taʼsiri yalligʻlanishni kuchaytirish va oksidlovchi stressni oshirishdan iborat deb hisoblanadi.

York universiteti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, 2010-yilda PM taʼsiri dunyo boʻylab erta tugʻilishlarning 18 foizi bilan kuchli bogʻliq boʻlib, bu taxminan 2,7 million muddatdan oldin tugʻilishni tashkil etgan. Havoning eng yuqori ifloslanishi tufayli erta tugʻilish bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatlarga Janubiy va Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Gʻarbiy Sahroi Kabir kiradi.

"Toza" hududlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havoning ifloslanish darajasi nisbatan past boʻlgan hududlarda ham koʻplab odamlar ifloslantiruvchi moddalar bilan nafas olishi aholining sogʻligʻiga taʼsiri sezilarli boʻlishi va qimmatga tushishi mumkin. 2005-yilda Britaniya Kolumbiyasi oʻpka assotsiatsiyasi (inglizcha: British Columbia Lung Association) uchun olib borilgan ilmiy tadqiqot shuni koʻrsatdiki, havo sifatining ozgina yaxshilanishi (atrofdagi PM va ozon kontsentratsiyasining 1 % ga kamayishi) 2010-yilda Vankuver metrosida yiliga 29 million dollar tejash imkonini beradi.

2020-yilda olimlar Antarktida atrofidagi Janubiy okean ustidagi chegara qatlami havosi odamlar tomonidan „ifloslanmagan“ligini aniqladilar.

Qishloq xoʻjaligiga taʼsiri



2014-yilda Hindistonda havoning qora uglerod va yer sathining ozon bilan ifloslanishi 2011-yilda 1980-yilga nisbatan eng koʻp zarar koʻrgan hududlarda hosildorlikni deyarli ikki baravar kamaytirgani xabar qilingan edi.

Kamaytirish va tartibga solish



Ifloslanishning oldini olish barqaror ishlab chiqarish jarayonlarini (va mahsulotlar dizaynini) loyihalash kabi sanoat va tadbirkorlik faoliyatiga tuzatishlar kiritish, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalariga oʻtish boʻyicha harakatlarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Havodagi zarrachalarni kamaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar sogʻliqning yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.

Ifloslanishni nazorat qilish




Havoning ifloslanishini kamaytirish uchun turli xil ifloslanishlarni nazorat qilish texnologiyalari va strategiyalari mavjud. Eng asosiy darajada, yerdan foydalanishni rejalashtirish, ehtimol, rayonlashtirish va transport infratuzilmasini rejalashtirishni oʻz ichiga oladi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda yerdan foydalanishni rejalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim boʻgʻini boʻlib, yerdan kengroq iqtisodiyot va aholi manfaatlari yoʻlida samarali foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlaydi.

Titan dioksidi havo ifloslanishini kamaytirish qobiliyati uchun tadqiq qilingan. Ultrabinafsha nurlar materialdan erkin elektronlarni chiqaradi va shu bilan erkin radikallarni hosil qiladi.

Ifloslanishni kamaytirish




Hozirgi vaqtda havo ifloslanishining asosiy sabablariga amaliy alternativalar mavjud:

Nazorat qurilmalari




Quyidagi elementlar odatda sanoat va transport tufayli ifloslanishni nazorat qilish manbalari sifatida ishlatiladi. Ular ifloslantiruvchi moddalarni yoʻq qilishlari yoki atmosferaga chiqarilishidan oldin ularni egzoz oqimidan olib tashlashlari mumkin.
 

Monitoring



Havo sifatini fazoviy-vaqtinchalik monitoringi havo sifatini yaxshilash va shu orqali aholi salomatligi va xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlishi mumkin. Bunday monitoring turli darajada, turli xil tartibga soluvchi talablar bilan, turli tashkilotlar va boshqaruv organlari tomonidan turli mintaqaviy qamrov bilan amalga oshiriladi. Baʼzi veb-saytlar mavjud maʼlumotlardan foydalangan holda havo ifloslanish darajasini xaritaga tushirishga harakat qiladi.

Normativ hujjatlar




Umuman olganda, havo sifati standartlarining ikki turi mavjud. Standartlarning birinchi sinfi (masalan, AQSH Milliy atrof-muhit havosi sifati standartlari va Yevropa Ittifoqi havo sifati direktivasi) muayyan ifloslantiruvchi moddalar uchun maksimal atmosfera kontsentratsiyasini belgilaydi. Atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari ushbu maqsadli darajalarga erishishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqadilar. Ikkinchi sinf (Shimoliy Amerika havo sifati indeksi kabi) ochiq havoda harakat qilishning nisbiy xavfini jamoatchilikka yetkazish uchun ishlatiladigan turli chegaralarga ega shkala shaklida boʻladi.

Kanada
Kanadada havoning ifloslanishi va u bilan bogʻliq sogʻliq uchun xavflar Havo sifati salomatlik indeksi (inglizcha: Air Quality Health Index (AQHI)) bilan oʻlchanadi. Bu havo ifloslanishi darajasining oshishi paytida faollik darajasini sozlash orqali havo ifloslanishiga qisqa muddatli taʼsir qilishni kamaytirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun ishlatiladigan sogʻliqni saqlash vositasidir.

AQHI — Kanada Sogʻliqni saqlash va Atrof-muhit boʻyicha Kanada tomonidan birgalikda muvofiqlashtirilgan federal dastur. AQHI mahalliy havo sifati bilan bogʻliq sogʻliq uchun xavf darajasini koʻrsatishda 1 dan 10+ gacha boʻlgan raqamni taqdim etadi. Vaqti-vaqti bilan, havo ifloslanishi miqdori gʻayritabiiy darajada yuqori boʻlsa, ularning soni 10 dan oshishi mumkin. AQHI mahalliy havo sifati joriy qiymatini, shuningdek, tun va kun mahalliy havo sifatining maksimal prognozini taqdim etadi va sogʻliq uchun tegishli maslahatlar beradi.

AQHI hid, gulchang, chang, issiqlik yoki namlik taʼsirini oʻlchamaydi.

Germaniya
TA Luft — bu Germaniya havo sifatini tartibga solish dasturidir.

Shaharlar




Havoning ifloslanishi odatda aholi zich joylashgan metropoliyalarda, ayniqsa shaharlar tez oʻsayotgan va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalari nisbatan zaif yoki umuman mavjud boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlarda toʻplanadi. Urbanizatsiya tez rivojlanayotgan tropik shaharlarda havoning antropogen ifloslanishi tufayli erta oʻlimning yuqori darajada koʻpayishiga olib keladi. Biroq, hatto rivojlangan mamlakatlardagi aholi punktlari ham nosogʻlom ifloslanish darajasiga erishmoqda, bunga Los-Anjeles va Rim misol boʻla oladi. 2002 va 2011-yillar oraligʻida Pekinda oʻpka saratoni bilan kasallanish ikki baravarga oshgan. Chekish Xitoyda oʻpka saratonining asosiy sababi boʻlib qolsa-da, chekuvchilar soni kamayib, oʻpka saratoni darajasi oʻsib bormoqda.

Tehron 2022-yil 24-mayda dunyoning eng iflos shahri deb eʼlon qilindi.

Prognozlar



Prognozlarga koʻra, 2030-yilga borib dunyoni ifloslantiruvchi chiqindilarning yarmi Afrika tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday natijaga potentsial hissa qoʻshadigan omillar orasida yonish faoliyatining koʻpayishi (masalan, ochiq chiqindilarni yoqish), transport, qishloq-oziq-ovqat va kimyo sanoati, Sahroi Kabirdagi qum changlari va aholining umumiy oʻsishi kiradi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (inglizcha: Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD)) maʼlumotlariga koʻra, 2050-yilga kelib tashqi havoning ifloslanishi butun dunyo boʻylab ekologik oʻlimning asosiy sababiga aylanadi.
 

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz