Havo shari




Havo shari  – erkin aerostatning eskicha nomi. Dastlabki aerostatlar shar shaklida boʻlgani uchun shunday atalgan (qarang Aerostat). Uning ogʻirligi 500 kg gacha boʻladi. Uning tepaga koʻtarilish tezligi 15 km/soat dan 20 km/soat gacha boʻladi.

Paydo boʻlishi



1783-yilda fransuz fizigi Jozef Mongolfye
uylardagi pechkalarning quvuridan chiqayotgan
tutunlar yuqoriga qarab harakatlanayotganiga eʼtibor
qaratadi. Soʻng akasi Etenn bilan birgalikda har
xil mato va qogʻozlardan katta qop yasab ichiga issiq
tutun toʻldiradi. Qopga savat bogʻlab unga qoʻy, oʻrdak
va xoʻrozni mindiradi. Va hayvonlar uchib ketadi.
Ularning parvozi sakkiz minut davom etadi. Keyinrog
havoga inson parvoz qildi. Issiq havo bilan toʻldirilgan havo
sharlarini mongolfyerlar deb atay boshlashdi. Havo sovigandan
soʻng parvoz yakuniga yetardi. Hozir mongolfyerlar savatiga
gorelka va yonuvchi gaz baloni oʻrnatilgan. Hatto bolalarning
uchuvchi shariga oʻxshagan yengil gaz bilan toʻldirilgan sharlar
ham paydo boʻldi. 2002-yilda amerikalik Stiv Fosset havo sharida
yer yuzini aylanib chiqdi.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz