Havo piyodalari




Havo piyodalari — 1979-yilda Oʻzbekfilm kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sovet badiiy filmi. Rejissor — Yuriy Stepchuk tomonidan suratga olingan. Film premerasi 1980-yil Moskvada oktabr oyida boʻlib oʻtadi.

Mazmuni



Ikki sevishgan juftlik Akmal va Zamira azaliy dorbozlar boʻlishadi. Ammo Zamiraning orzu-niyati ot minish boʻlgani uchun bu san’atni puxta egallaydi. Zamira Vladivostokdan xizmat safariga chiqish taklifini oladi. Akmal va Zamiraning toʻyiga Akmalning otasi qarshi chiqadi va Zamira chavandoz Karimga turmushga chiqishga qaror qiladi.

Film yaratilishi



Mashhur sirk artistlari dorboz Toshkentboyevlar va chavandoz Zaripov sulolasi, mashgʻulotchilar L.Xoʻjayeva, A.Kornilov, gimnastikachilar J.Rijkova, V.Panyushkin, gimnastikachilar guruhi Yu.Galagan, akrobatlar guruhi R.Belley, shuningdek, Chirchiq va Angren jamoalari.Ushbu filmda soʻnggi rollaridan birini SSSR xalq artisti Razzoq Hamroyev ijro etgan.

Rollarda




Havolalar



ВОЗДУШНЫЕ ПЕШЕХОДЫ (1980) — Kino-teatr.ru

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz