Havo harorati
Havo harorati atmosfera holatining termodinamik parametrlaridan biridir. Termometr bilan oʻlchanadi.
Umumiy xususiyatlar
Har bir nuqtada havo harorati doimiy ravishda oʻzgaradi; Yerning turli joylarida bir vaqtning oʻzida harorat turlicha boʻladi. Yer yuzasida havo harorati juda keng diapazonda oʻzgarib turadi: uning hozirgi kunga qadar kuzatilgan ekstremal qiymatlari +58,4 ˚S (1922- yil 13- sentyabr Saudiya Arabistonida) va −89,2 ˚S (1983- yil 21 — iyul Sovet Ittifoqida Sharqiy Antarktidada joylashgan „Vostok“ Antarktika stantsiyasi) qayd etilgan. Balandlik oshishi bilan havo harorati turli qatlamlarda va holatlarda turlicha oʻzgaradi. Oʻrtacha, u dastlab 10-15 km balandlikka (qutb kengliklarida taxminan −65 ˚S gacha va tropik kengliklarda −45 ˚S gacha) pasayadi, keyin esa 50-60 km balandlikda 0- +2 ˚S gacha isiydi. Keyin yana tushadi va hokazo.
Nisbiy shkala
Koʻpgina mamlakatlarda havo, tuproq va suvning
harorati xalqaro harorat shkalasi yoki fizik oʻlchovlarda umumiy qabul qilingan
Tselsiy shkalasi (˚C) darajalarida ifodalanadi. Ushbu shkalaning noli muzning erish haroratiga va +100 ˚C — suvning qaynash nuqtasiga mos tushirilgan. (normal atmosfera bosimida) Biroq, AQSh va boshqa bir qator mamlakatlarda
Farengeyt (˚F) shkalasi nafaqat kundalik hayotda, balki meteorologiyada ham qoʻllaniladi. Ushbu shkalada muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasi orasidagi interval 180˚ ga boʻlinadi, muzning erish nuqtasi +32 ˚F qiymati bilan belgilanadi. Shunday qilib, Farengeytning bir darajasining qiymati 5/9 ˚C ga, Farengeyt shkalasining noli esa −17,8 ˚C ga teng. Tselsiy shkalasi boʻyicha nol +32 ˚F va +100 ˚C = +212 ˚F ga mos keladi.
Mutloq shkala (Absolyut)
Bundan tashqari,
mutloq harorat shkalasi (Kelvin shkalasi),
K , nazariy meteorologiyada qoʻllaniladi. Ushbu shkalaning noli molekulalarning issiqlik harakatining toʻliq toʻxtashiga toʻgʻri keladi, yaʼni mumkin boʻlgan eng past harorat. Tselsiy shkalasida bu −273,15 ˚C ni tashkil qiladi, ammo amalda bu qiymat −273 ˚C gacha yaxlitlanadi. Mutlaq shkala birligining qiymati Selsiy darajasining qiymatiga teng. Shuning uchun Selsiy shkalasining noli absolyut shkalaning 273-nuqtasiga (273 K) toʻgʻri keladi. Mutlaq shkalada barcha haroratlar ijobiy, yaʼni mutlaq noldan yuqori. Xuddi shu shkalada normal atmosfera bosimida suvning qaynash nuqtasi 373 K ni tashkil qiladi.
Turlari
Harorat rekordlari
Yer yuzasi yaqinidagi eng past havo harorati sayyora qutblarida kuzatiladi. Bunday holda, mutlaq harorat minimal yoki oʻrtacha yillik qiymatlarning minimal koʻrsatkichlari nazarda tutilishi mumkin.
Eng yuqori oʻrtacha yillik harorat 1960-1966 yillarda Efiopiyaning Dallol shahrida qayd etilgan va shu 7 yil davomida oʻrtacha +34,4 ˚C ni tashkil qilgan. Eng past oʻrtacha yillik harorat Vostok stansiyasida kuzatiladi: −57,3 ˚C va koordinatalari 78˚ j.k va 96˚ sh. u. boʻlgan nuqtada −57,8 ˚C. Eng past qor harorati 1933 yilda Oymyakonda qayd etilgan, o‘shanda qor yuzasining harorati −69,6 ˚C bo‘lgan.
Havolalar
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org