Haven Denney




Haven Denney (talaffuzi: Heyven Denni; 1995-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida ishtirok etgan amerikalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Brandon Fraizer bilan birga ikki karra Skate America turnirining kumush medali sovrindori (2014, 2016), 2014 CS Lombardia Trophy chempioni, 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va 2017-yili AQShning milliy chempioni boʻlgan.

Faoliyati



Ilk faoliyati



Haven Denney va Brandon Frazier birinchi marta 2002-yilda muz ustida raqsga tushishdan oldin figurali uchuvchilar sifatida juftlik hosil qilishgan. Figurali uchish boʻyicha ular 2005-yildan 2008-yilgacha Jim Peterson va Lyndon Johnston murabbiyligida uch mavsum davomida birga musobaqalarda qatnashishgan. Balogʻatga yetmaganlar darajasidagi ikki mavsumda ishtirok etgandan soʻng juftlik bir darajaga koʻtarilgan va 2008-yilda AQSh chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2011 — 12-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri



Denni / Frazier juftligi 2011-yil bahorida yana birlashgan. Ular 2011 — 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida Latviya va Avstriyada boʻlib oʻtgan bosqichlarda 8 va 7-oʻrinlarni egallashgan. Juftlik 2012-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar darajasi unvonini qoʻlga kiritgan va 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun tayinlangan hamda u yerda 4-oʻrinni egallagan. Bu juftlikka 2012-yilning kuzigacha Colorado shtatining Colorado-Springs shahrida Dalilah Sappenfild murabbiylik qilgan.

2012 — 13-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni unvoni



2012 — 2013-yilgi mavsumda Denney / Frazier juftligi Nyu-Yorkning Lake Plasid shahrida boʻlib oʻtgan 2012 — 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida 4-oʻrindan joy olgan. Ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritganlar.

2013 — 2014-yilgi mavsum: Gran-pri debyuti



Juftlik 2013 — 2014-yilgi mavsumdagi Gran-pri musobaqasining 2013 Skate Canada International va 2013 NHK Trophy bosqichlarida beshinchi oʻrinni egallagan. Ular 2014-yilgi AQSh chempionatida beshinchi, keyin esa 2014-yilgi AQSh chempionatida toʻrtinchi oʻrindan joy olishgan.

Dasturlari



(Frazier bilan)

Natijalari



GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Frazier bilan




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz