Hava Mahal




Hava mahal - 1799-yilda pushti qumtoshdan Krishna toji shaklida qurilgan Jaypur Maharajasi Savay Pratap Singxninig (1778-1803-yillarda hukmronlik qilgan) saroy majmuasining besh qavatli Harami.

Binoning fasadiga 953 ta kichik derazalar qo'yilgan bo'lib, ular issiq ob-havoda binoning ichki qismini ventilyatsiya qilish uchun ta'minlagan. Shundan uning —"shamollar saroyi" degan nomi kelib chiqqan.

Hava Mahal - Jaypurning turistik diqqatga sazovor joyi shu bilan birga, Rajput me'morchiligining eng mashhur yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Sovet tarixchisi V. A. Rudnev ushbu me'moriy durdonasidan olgan taassurotlarini quyidagicha ta’riflagan: “U o‘zining g‘ayrioddiy dizayni va arxitekturasi bilan chindan ham ham dunyoning boshqa hech bir joyida uchratmaydigan noyob g'ayrioddiy bino edi. U ulkan organga yoki katolik cherkovining altariga yoki g'alati tekis piramidaga o'xshab ketardi. Qal'aning besh qavatli ulkan qismi derazalarning to'rli panjaralari va derazalar bilan bezatilgan edi"

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz